Rossiya

“Sputnik V” vaktsinasi yaratuvchilari Rossiyaning ilm-fan boʻyicha davlat mukofotini oldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishShprits i ampula na fone logotipa "Sputnik V".
Shprits i ampula na fone logotipa Sputnik V. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Rossiyaning 2020 yil uchun ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi davlat mukofotiga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi yaratuvchilari munosib topildi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Andrey Fursenko maʼlum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Mukofot Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi direktori Aleksandr Gintsburg, uning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Denis Logunov hamda Rossiya Qurolli kuchlari 48-radiatsiya, kimyoviy va biologik himoya qoʻshinlarning markaziy ilmiy-tadqiqot instituti boshligʻi, tibbiy xizmat polkovnigi Sergey Borisevichga topshiriladi.
Novыy punkt vaktsinatsii ot COVID-19  v TTS Troyka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Jamiyat
Toshkent va Moskva "Sputnik V" Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga kelishdi
Ular mukofotga Ebola bezgagi va koronavirus infektsiyasiga qarshi vaktsina ishlab chiqarish va joriy etganlik uchun loyiq koʻrilgan.
12 iyun kuni olimlar Kremlda nishon, diplom va pul mukofotini olishadi. Rossiya prezidenti farmoni bilan davlat mukofoti miqdori 10 million rublgacha koʻpaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala