Jamiyat

YHXBB radar va kamera oʻrnatish joylarini savdoga chiqarishni boshladi - narxlar arzon

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
YHXBB Xorazm va Namanganda 3ta radar va kamera oʻrnatish joyini savdoga qoʻydi. Bugungi narxlar 1,5 mln soʻmdan 4,1 mln. soʻmgacha.
TOSHKENT, 9 iyun - Sputnik. Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi radar va kameralar oʻrnatish joylarini savdoga chiqarishni boshladi.
Dastlabki bosqichda Xorazm va Namangan viloyatlaridagi 3ta lot savdoga chiqarilgan:
1.
Xorazm viloyati, Bogʻot tumanida radar va kameralar oʻrnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 2 ta statsionar radar oʻrnatilishi belgilangan. Ayni damdagi narxi - 2,3 mln soʻm;
2.
Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar oʻrnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar oʻrnatilishi belgilangan. Hozirgi narxi - 1,5 mln. soʻm;
3.
Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar oʻrnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar oʻrnatilishi belgilangan. Bugungi narxi - 4,1 mln soʻm;
Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi koʻzda tutilgan.
Obʼyekt onlayn-auktsionda gʻolib boʻlgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq eʼlon qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 232-son qarori asosida radar va kameralar oʻrnatish joylari "E-auksion" savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala