YHXBB radar va kamera o‘rnatish joylarini savdoga chiqarishni boshladi - narxlar arzon

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Obuna bo‘lish
YHXBB Xorazm va Namanganda 3ta radar va kamera o‘rnatish joyini savdoga qo‘ydi. Bugungi narxlar 1,5 mln so‘mdan 4,1 mln. so‘mgacha.
TOShKENT, 9-iyun - Sputnik. Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi radar va kameralar o‘rnatish joylarini savdoga chiqarishni boshladi.
Dastlabki bosqichda Xorazm va Namangan viloyatlaridagi 3ta lot savdoga chiqarilgan:
1.
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan. Ayni damdagi narxi - 2,3 mln so‘m;
2.
Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan. Hozirgi narxi - 1,5 mln. so‘m;
3.
Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan. Bugungi narxi - 4,1 mln so‘m;
Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.
Obyekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2-yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari "E-auksion" savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi.
Yangiliklar lentasi
0