Hodisalar

Zarar 5,3 mlrd soʻm: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishMashina
Mashina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Jinoiy guruh 39 kishini chuv tushirgan. Ular goʻyoki fuqarolarning toʻlovlari oʻz vaqtida MCHJga kelib tushmayotganligini iddao qilib, ulardan ijara shartnomasiga asosan olingan mashinalarni qaytarib olishgan.
TOSHKENT, 9 iyun — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumanida ijaraga olingan avtomashinalarni sotib yuborgan jinoiy guruh aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazgan. Unda fuqaro I.U. va boshqalar “M.L.” MCHJdan ijara shartnomasiga asosan avtotransport vositasini olgan 39 nafar fuqaroni chuv tushirgani aniqlandi.
Firibgarlar goʻyoki fuqarolarning toʻlovlari oʻz vaqtida MCHJga kelib tushmayotganligini iddao qilib, ulardan mashinalarni qaytarib olishgan. Keyin MCHJ rahbarining xabardorligisiz boshqa shaxslarga sotib yuborishgan. Natijada jamiyat manfaatlariga 5,3 mlrd soʻm zarar yetkazishgan.
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Hodisalar
Buxoroda 17 kishiga Moskvaga soxta aviachipta sotgan firibgarlar qoʻlga olindi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala