Iqtisod

Qanday yerlarga egalik huquqi umrbod saqlanib qoladi - adliya vaziri javobi

© Foto: Natsionalnыy Olimpiyskiy komitet Uzbekistana Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana.
Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Yer toʻgʻrisidagi yangi qonunning asosiy maqsadi nima? Nega u jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmadi? Yangi qonun tufayli xorijliklar Oʻzbekiston yerlarini sotib olsachi?
TOSHKENT, 10 iyun – Sputnik. AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Adliya vaziri, bosh prokuror i oʻrinbosari, qishloq xoʻjalik vaziri oʻrinbosari va kadastr agentligi direktori prezidentning yer toʻgʻrisidagi farmoni mohiyatini tushuntirib berishdi va jurnalistlar savollariga javob berishdi.
Maʼlumki 8 iyun kuni Oʻzbekiston prezidentining Yer mulkiga oid farmoni eʼlon qilingan edi. Ushbu farmon bilan Oʻzbekistonda yer munosabatlari jiddiy oʻzgartirib yuborildi. Birinchidan, yerga egalik qilish huquqlari 6tadan 3tagacha qisqartirildi. Ikkinchidan, qishloq xoʻjalik yerlari va noqishloq xoʻjalik yerlari toifaslariga oid aniq huquqlar belgilandi. Va uchinchidan mahalliy hokimiyatlarning yer resurslariga xoʻjayinlik qilish huquqlari mutlaq bekor qilingan edi.
Posevnaya risa v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Iqtisod
Yer mulkiga oid prezident farmoni eʼlon qilindi
Ana shunday jiddiy oʻzgarishlarni nazarda tutgan qonun aholi va tadbirkorlarda koʻplab savollar tugʻdirishi tabiiy. Quyida AOKAda boʻlib oʻtgan anjumanda muhokama qilingan mavzularning ayrimlarini keltirib oʻtamiz.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tushuntirib berishiga koʻra, yer toʻgʻrisidagi yangi qonun 4ta asosiy masalani hal qiladi:
1. Yerni qayta taqsimlash. Yerni xalqqa qaytarib berish. Aniq mexanizmlar aytilgan, ijara shartnomalari kam taʼminlangan oilalarga yer ajratish va hokazo. Bu borada xar bir kadamni taxʼminlaydigan xujjatlar tuplami ishlab chikiladi.
2. Yer huquqlarini qayta koʻrib chiqish. Bizda sovet davridan buyon yer xuquqlari qayta koʻrib chiqilmagan edi.
3. Yer ajaratish tartibini tubdan qayta koʻrib chiqish. Ushbu masala bugungi kunda yer taqsimlash huquqiga ega boʻlgan shaxslar orasida eng koʻp mansab suistemol qilinadigan maslalardan biri edi. Noqishloq va qishloq xoʻjalik yerlari.
4. Yer munosabatlarida nazorat va javobgarlikni kuchaytirish. Bugungi kunda ushbu sohada muammo juda katta. Demak biz javobgarlikni oshirishimiz kerak. Bu sohaja juda kattiq javobgarlik choralari kiritiladi.
Yangi qonun chet el fuqarolariga yerlar sotilib ketishiga olib kelmaydimi?
Adliya vaziri tushintirishiga koʻra, yangi qonunda bunday boʻlmasligining oldi olingan. Yangi qonun Oʻzbekiston yerlarini oldingi qonunlarga nisbatan bir necha barobar kuchliroq himya qiladi.
Xorijiy shaxslarga, investorlarga yerlar bir talay cheklovlar asosida ijaraga beriladi:
faqat noqishloq xoʻjalik yerlari;
faqat ijara huquqi asosida va faqat 25 yilgacha;
fakat Vazirlar Maxkamasi qarori asosida;
kamida 10 million dollar investitsiya kiritish evaziga;
faqat ochiq savdo orqali ajratiladi.
Vazir aytishiga koʻra, ushbu sohada ham xuquqni suisteʼmol qilish holatlari juda koʻp boʻlgan. Maslan faqat hokim qarori bilan yerlar ajratilayotgan edi. Endi bularga chek qoʻyiladi.
Qanday yerlar umrbod saqlanib qoladi?
fuqaro uylari joylashgan yerlar;
davlat muassasalari yerlari;
maktab, bogʻcha va boshqa ijtimoiy obʼyektlar yerlari;
ushbu qonun chiqqaniga qadar umrbod ajratilgan yerlar;
Nega Farmon jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmadi?
Ruslanbek Davletov aytishiga koʻra, ushbu qonun loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokamaga qoʻyilmagan.
Sababi - agar Farmon loyihasi oldindan eʼlon qilinganda, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilganda, ayrim noqonuniy jarayonlar birdan kuchayib ketishi ehtimoli mavjud edi. Shuning uchun orqa fonda, Bosh prokuratura nazorati ostida yer sohasiga oid boʻlgan qabul qilinishi mumkin boʻlgan qarorlarni toʻxtatib turib, moratoriy eʼlon qilib, ushbu Farmon qabul qilindi.
Davlat miqyosida yerlar talon-taroj qilinmasligi maqsadida shunday yondashuv qilindi, biroq javobgarlik boʻyicha qonun muhokamasi jamoatchilikka taqdim etildi va juda yaxshi kutib olindi. Unda barcha mexanizmlar batafsil yozilgan, - dedi adliya vaziri.
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Prezident farmoni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi mana bu yerda muhokama qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala