Qanday yerlarga egalik huquqi umrbod saqlanib qoladi - adliya vaziri javobi

© Foto: Natsionalniy Olimpiyskiy komitet Uzbekistana Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana.
Glava Minyusta respubliki Ruslan Davletov izbran prezidentom Federatsii basketbola Uzbekistana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
Yer to‘g‘risidagi yangi qonunning asosiy maqsadi nima? Nega u jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi? Yangi qonun tufayli xorijliklar O‘zbekiston yerlarini sotib olsachi?
TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Adliya vaziri, bosh prokuror i o‘rinbosari, qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari va kadastr agentligi direktori prezidentning yer to‘g‘risidagi farmoni mohiyatini tushuntirib berishdi va jurnalistlar savollariga javob berishdi.
Ma’lumki 8-iyun kuni O‘zbekiston prezidentining Yer mulkiga oid farmoni e’lon qilingan edi. Ushbu farmon bilan O‘zbekistonda yer munosabatlari jiddiy o‘zgartirib yuborildi. Birinchidan, yerga egalik qilish huquqlari 6tadan 3tagacha qisqartirildi. Ikkinchidan, qishloq xo‘jalik yerlari va noqishloq xo‘jalik yerlari toifaslariga oid aniq huquqlar belgilandi. Va uchinchidan mahalliy hokimiyatlarning yer resurslariga xo‘jayinlik qilish huquqlari mutlaq bekor qilingan edi.
Posevnaya risa v Krasnodarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.06.2021
Yer mulkiga oid prezident farmoni e’lon qilindi
Ana shunday jiddiy o‘zgarishlarni nazarda tutgan qonun aholi va tadbirkorlarda ko‘plab savollar tug‘dirishi tabiiy. Quyida AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumanda muhokama qilingan mavzularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tushuntirib berishiga ko‘ra, yer to‘g‘risidagi yangi qonun 4ta asosiy masalani hal qiladi:
1. Yerni qayta taqsimlash. Yerni xalqqa qaytarib berish. Aniq mexanizmlar aytilgan, ijara shartnomalari kam ta’minlangan oilalarga yer ajratish va hokazo. Bu borada xar bir kadamni tax’minlaydigan xujjatlar tuplami ishlab chikiladi.
2. Yer huquqlarini qayta ko‘rib chiqish. Bizda sovet davridan buyon yer xuquqlari qayta ko‘rib chiqilmagan edi.
3. Yer ajaratish tartibini tubdan qayta ko‘rib chiqish. Ushbu masala bugungi kunda yer taqsimlash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar orasida eng ko‘p mansab suistemol qilinadigan maslalardan biri edi. Noqishloq va qishloq xo‘jalik yerlari.
4. Yer munosabatlarida nazorat va javobgarlikni kuchaytirish. Bugungi kunda ushbu sohada muammo juda katta. Demak biz javobgarlikni oshirishimiz kerak. Bu sohaja juda kattiq javobgarlik choralari kiritiladi.
Yangi qonun chet el fuqarolariga yerlar sotilib ketishiga olib kelmaydimi?
Adliya vaziri tushintirishiga ko‘ra, yangi qonunda bunday bo‘lmasligining oldi olingan. Yangi qonun O‘zbekiston yerlarini oldingi qonunlarga nisbatan bir necha barobar kuchliroq himya qiladi.
Xorijiy shaxslarga, investorlarga yerlar bir talay cheklovlar asosida ijaraga beriladi:
faqat noqishloq xo‘jalik yerlari;
faqat ijara huquqi asosida va faqat 25-yilgacha;
fakat Vazirlar Maxkamasi qarori asosida;
kamida 10 million dollar investitsiya kiritish evaziga;
faqat ochiq savdo orqali ajratiladi.
Vazir aytishiga ko‘ra, ushbu sohada ham xuquqni suiste’mol qilish holatlari juda ko‘p bo‘lgan. Maslan faqat hokim qarori bilan yerlar ajratilayotgan edi. Endi bularga chek qo‘yiladi.
Qanday yerlar umrbod saqlanib qoladi?
fuqaro uylari joylashgan yerlar;
davlat muassasalari yerlari;
maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy obyektlar yerlari;
ushbu qonun chiqqaniga qadar umrbod ajratilgan yerlar;
Nega Farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi?
Ruslanbek Davletov aytishiga ko‘ra, ushbu qonun loyihasi regulation.gov.uz saytida muhokamaga qo‘yilmagan.
Sababi - agar Farmon loyihasi oldindan e’lon qilinganda, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganda, ayrim noqonuniy jarayonlar birdan kuchayib ketishi ehtimoli mavjud edi. Shuning uchun orqa fonda, Bosh prokuratura nazorati ostida yer sohasiga oid bo‘lgan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qarorlarni to‘xtatib turib, moratoriy e’lon qilib, ushbu Farmon qabul qilindi.
Davlat miqyosida yerlar talon-taroj qilinmasligi maqsadida shunday yondashuv qilindi, biroq javobgarlik bo‘yicha qonun muhokamasi jamoatchilikka taqdim etildi va juda yaxshi kutib olindi. Unda barcha mexanizmlar batafsil yozilgan, - dedi adliya vaziri.
Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident farmoni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.
Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi mana bu yerda muhokama qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0