Hokimliklar ikki yil ichida 120 ming gektar yerni maqsadsiz bergan yoki talon-toroj qilgan

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishPosevnaya risa
Posevnaya risa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
2 yilda prokurorlar tomonidan 7500dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 2-yil davomida 120 ming gektardan ziyod yer talon-toroj qilingan yoki hokimlar tomonidan maqsadsiz berib yuborilgan holatlar aniqlangan. Bu haqda AOKAdagi matbuot anjumanida bosh prokuror o‘rinbosari Shavkatjon Rahimov ma’lum qildi.
Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, 2-yilda prokurorlar tomonidan 7500dan ortiq yerga oid qarorlarni bekor qilishga oid protest kiritilgan.
“Ma’muriy sudlar tomonidan yerga oid tuman hokimlarining 2500dan ortiq qarori bekor qilingan. Yerga oid qonunchilik bo‘yicha 588 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda” – bosh prokuror o‘rinbosari.
O‘z navbatida, adliya vaziri Ruslanbek Davletovning uyi “snos”ga tushganlarga yer emas, pul berilishini ma’lum qildi.
“Uyi snosga tushganlar, harbiylar va boshqa imtiyozli, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yer emas, pul beriladi. Ya’ni imtiyozlar monetizatsiya qilinadi, davlat subsidiya beradi” – dedi vazir.
Rassmotrenie xodataystva sledstviya ob areste A. Velichko v Cheremushkinskom sude - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2021
Jizzax shahar hokimi o‘rinbosari 2 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2021-yilning 1-avgustidan boshlab yer mulkiga taalluqli barcha qonunlar jiddiy o‘zgarishi xabar qilingan edi. Jumladan, hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0