Iqtisod

OTB Oʻzbekistonda STEM taʼlimni rivojlantirishga 100 million dollar ajratadi

© AFP 2018 / TED ALJIBEAziatskiy bank razvitiya (ABR)
Aziatskiy bank razvitiya (ABR) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Loyiha darsliklarni takomillashtirish, oʻqituvchilarni tayyorlash va maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olishni koʻzda tutadi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) oʻrtasida 100 million dollarlik loyihani amalga oshirish toʻgʻrisida memorandum imzolandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur loyiha doirasida maktablarda 7–11-sinflarda STEM (Science, Technology, Engineering, Mathematics) yoʻnalishida taʼlimini rivojlantirishga qaratilgan.
Linii elektroperedachi v uщelye Chыchkan v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2020
Iqtisod
OTB Oʻzbekistondan Afgʻonistonga elektr uzatish liniyasini qurishni moliyalashtiradi
Loyiha STEM fanlari boʻyicha oʻquv dasturlari va darsliklarning amaldagi standartlarini saqlab qolish va takomillashtirish, oʻqituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, maktablar uchun zarur jihozlarni sotib olishni koʻzda tutadi.
Shuningdek, maktab binolarini taʼmirlash va taʼlim texnologiyalari rivojlantiriladi.
Bundan tashqari, loyihada Oʻzbekistondagi maktablarda oʻquvchilar bilimini baholash tizimini takomillashtirish koʻzda tutilgan.
Loyiha 2020-2022 yillarda Oʻzbekiston uchun Mamlakat operatsiyalarining biznes-rejasi (COBP), hukumatning soʻnggi tashabbuslari va Oʻzbekiston Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala