Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshonda ikkita GES quradi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston yengil sanoat, oziq-ovqat xavfsizli va rangli metallar sohasida hamkorlik qilib olishga kelishib olishdi.
TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosi oʻzanida ikkita gidroelektrostantsiya quradi, deb xabar qilmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
Quvvati 320 megavatt boʻlgan ikkita GES qurish haqidagi dastlabki , kelishuvga bundan ikki yil oldin, Toshkentda erishilgan edi. Bugun ushbu loyihalar boʻyicha kelajak qadamlarni muvofiqlashtiruvchi shartnoma imzolandi, - deyilgan xabarda.
Ushbu loyihalar Tojkistonning togʻli hududlari infratuzilmalarini yaxshilash, ish oʻrinlari yaratishi hamda ikki davlat orasida tovar ayriboshlash hajmini oshirishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.
Undan tashqari sanoat sohasida hamkorlik masalalariga ham alohida eʼtibor berildi va "Artel Avesta Elektroniks" korxonasi faoliyati yuqori baholandi.
Shuningdek, Oʻzbekistonga Tojikistonning yengil, oziq-ovqat, togʻ-kon va rangli metallurgiya sohalarida ishlaydigan yirik tarmoq korxonalari bilan qoʻshma korxonalar tashkil qilish taklif etildi.
Ikki davlatning agrar sohadagi ustuvorliklarini hisobga olgan holda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala