Jamiyat

Qonunchilik palatasi deputati Safar Ostonov vafot etdi

© Zakonodatelnaya palata Oliy MajlisaSkonchalsya zaslujennыy jurnalist Uzbekistana Safar Ostonov
Skonchalsya zaslujennыy jurnalist Uzbekistana Safar Ostonov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Safar Ostonov vafot etdi.
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Ostonov Safar Ostonovich 72 yoshida vafot etdi.
U 1999 yilda “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi ham hisoblanadi.
Vrachi vo vremya operatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Jamiyat
Koronavirus Oʻzbekistonda: yana 3 kishi vafot etdi
Safar Ostonov 1948 yil 13 noyabrida Samarqand viloyatida tavallud topgan. 1972 yili Toshkent davlat universitetini (Oʻzbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 1971 yili Respublika yoshlar gazetasida musahhih vazifasidan boshlagan. 1990−1996 yillari “Sport”, “Oʻzbekiston futboli” gazetalarida bosh muharrir, 1996−2002 yillarda Oʻzbekiston prezidenti devoni yetakchi konsultant, bosh konsultant vazifalarida ishlagan.
2002 yildan buyon "Oʻzbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalari bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Ostonov 2019 yilgi parlament saylovlarida 63-Kattaqoʻrgʻon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalq demokratik partiyasi deputati etib saylangan, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan aʼzosi boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala