Analitika

“Qoʻrqinchli stsenariy bor”: Gʻarb nega Ukrainaga qoʻshin tortib kelmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishUkrainskiy voyennыy
Ukrainskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
TOSHKENT, 10 iyun — Sputnik. Yegor Nikitin. Kiyev hukumati saʼy-harakatlari bilan mustaqil Ukraina jadal NATO mamlakatlari armiya mashgʻulotlari uchun Sharqiy Yevropadagi eng katta poligonga aylanib bormoqda. Bu yilning oʻzida u yerda 11 ming chet ellik harbiy xizmatchilar ishtirokida yettita koʻpmillatli mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bundan kimga naf va barchasi nima bilan yakunlanishi mumkin – RIA Novosti oʻrgandi.

Parchalanish xavfi

AQSH (Rapid Trident 2021 va Sea Breeze 2021), Buyuk Britaniya (Kozak Mace 2021 va Warrior Watcher 2021), Polsha (“Tri Mecha — 2021” va Silver Saber 2021) va Ruminiya bilan (Riverine 2021) qoʻshma mashgʻulotlar - ekspertlarning fikriga koʻra, Vladimir Zelenskiy “Ukraina prezidentining 2021 yilda koʻpmillatli mashgʻulotlarda ishtirok etish uchun boshqa davlatlar qurolli kuchlari boʻlinmalarining Ukraina hududiga kirishiga ruxsat toʻgʻrisidagi qarorini maʼqullash toʻgʻrisidagi” qonunni imzolab, Pandora qutisini ochdi. Kelajakda bu mustaqil Ukrainaning oʻzi uchun oʻta achinarli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
“Ukrainada NATO qoʻshinlarining joylashtirilishi – bu, ehtimol, eng qoʻrqinchli stsenariy – davlatning barbod boʻlishi boʻlsa kerak, - deya tushuntiradi RIA Novosti bilan suhbatda Tabiiy fanlar Rossiya akademiyasi muxbir aʼzosi Konstantin Sokolov. – Bilamizki, chegaradosh mamlakatlarda Kiyevga boʻlgan hudud daʼvolari bor, Polshada ham, Vengriyada ham. Koʻrinib turibdiki, agar bu qartalarni oʻynashni istasa, Ukraina hududi qoʻshni mintaqalarga tarqaladigan oldindan bashorat qilib boʻlmaydigan xaos manbaiga aylanadi. Jumladan, Rossiyaga ham”.
Ammo, soʻngi voqea va bayonoatlardan kelib chiqib, Kiyev hukumatining shunga oʻxshash xatarlarni hisoblash chiqishga vaqti umuman yoʻqligi haqida xulosa qilsa boʻladi. Ular yolgʻondakam Rossiya tahdidi bahonasida sunʼiy ravishda vahimalar va bu bahonalar bilan okean ortidagi xaloskorlaridan yangi xayr-sadaqalarni soʻrash bilan oʻta band. Ularni Ukraina va uning milliy manfaatlari soʻnggi navbatdagi xavotirlanishiga qaramasdan.
“Qoʻshma mashgʻulotlar – bu goʻyoki Ukraina haqida unutishmaganining namoyish etish, xolos, - deb taʼkidlaydi Sokolov. – Ular u yerda Gʻarbga foydali hukumatni qoʻllash uchun kerak. Omma oldidiga oʻyin: ravshanki, hech kim bu mamlakat bilan biror bir hamdoʻstlikni yaratmoqchi emas. AQShning maksimum qilishga tayyor boʻlgan ishi bu u yerda harbiy boʻlishni taʼminlash va mashgʻulotlar bahonasida qurol, oʻq-dori va harbiy texnikani tashlash. Shuningdek, “Azov” bataloni singari turli nodavlat tuzilmalarning jangarilarini tayyorlash”.
Voyennыe ucheniya v Litve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Kolumnistlar
“Ularga kim bosh ekanligini koʻrsatib qoʻyamiz”: NATO qoʻshinlarini Ukrainaga olib kelmoqda
Parallel ravishda AQSH NATOning boshqa mamlakatlari bilan Ukrainada ularni toʻliq harbiy bazagacha rivojlantirish qiyin boʻlmagan baza punktlari tizimini shakllantirmoqda (bu yuridik jihatdan noqonuniy, zero Ukraina konstituttsiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri ziddir). Chegaralar yaqinida Rossiyaga qarshi harbiy salohiyatning koʻpaytirilishi Moskvani xavotirga solmasdan qoʻymaydi.

Oʻzini oʻzi qutqarish hissi

RIA Novosti savolga tutgan harbiy ekspertlar Kiyevning, hoynahoy, yakuni hatto mutaxassis boʻlmagan kishiga ayon boʻlgan vaziyatni Rossiya bilan qurolli mojaroga olib bormaslikka aqli yetadi degan fikrni bildirishmoqda.
“Harbiy va iqtisodiy salohiyatlar nomutanosib, - deydi Sokolov. Ukraina Qurolli kuchlarining Rossiyaga jiddiy zarar yetkazishga shunchaki hech narsasi yoʻq. Bu mavzuda koʻp quruq gap boʻlishi mumkin, biroq voqeilikda, oʻylaymanki, hatto eng pixini yorgan millatchilar va Gʻarb tomonidan sotib olingan kishilarning bu qadamni tashlashdan oldin oʻzini oʻzi qutqarib hissi ishga tushib ketadi”.
Amerikaliklarga toʻxtaladigan boʻlsak, ularga Rossiyaga qarshi keng koʻlamli jangavor harakatlar lozim emas – Pentagon juda yaxshi biladiki, Ukraina kabi bundan qulay joydan yadroga ega derjavaga toʻgʻridan-toʻgʻri bostirib kirish unda gʻolib va magʻlublar boʻlmaydigan uchinchi jahon urushini keltirib chiqaradi.
Amerikanskiy voyennыy proizvodit vыstrel iz protivotankovogo raketnogo kompleksa (PTRK) Javelin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.04.2021
Kolumnistlar
“Bu “Javelin”lardan jiddiyroq”: AQSH Ukrainaga yangi qurol beradi
“Bayden aniq bunga jazm qilmaydi, har holda, yaqin kelajakda, - deya ishonadi Harbiy fanlar akademiyasi muxbiri aʼzosi Sergey Sudakov. – Oʻz manfaatlari yoʻlida Ukrainadan foydalanishda esa amerikaliklar davom etishadi. Ularg biror bir mamlakatga pul kiritib va undan foydani his qilishmasa, uni oxirigacha sogʻishadi. Oʻylaymanki, Vashington qarama-qarshilik siyosatini saqlab qoladi, lkekin bundan kattasiga jazm qilmaydi. Jiddiy keskinlashuv Yevropani ham qamrab oladi axir, u esa besh oldingiday emas. Gapga koʻnuvchanlik ozaydi. Bu vaziyatda biz qattiqroq harakat qilishimish darkor: kamida uni kesib oʻtib boʻlmaydigan qizil chiziqni aniq-tiniq belgilash”.

Muzokaralar pozitsiyasi

Yevropa, haqiqatdan, avvalgiday emas. Sobiq Varshava shartnomasining koʻp mamlakatlarida va hatto Boltiqboʻyida aholining bizga boʻlgan munosabati asta-sekin oʻzgarmoqda – hukumatlarning AQSH ostida egilib ishontirishlariga qaramay. Xalq borgan sari Rossiyada oʻzi uchun tahdid borligiga ishonmay qaramoqda. Vaqt oʻtyapti, jazava kuchli tutyapti, “qoʻrqinchli rus tanklari” esa avvalgidek chegarani kesib yorib oʻtishga shoshilmayapti. Eski matal oldingiday ish bermayapti. Buni Vashingtonda tushunishadi.
“Putin va Baydenning kutilayotgan uchrashuvi shu chiziqni anglatadiki, unda Shtatlar oʻzini gʻarb dunyosi yetakchisi sifatida angladiki: siyosatni ayrim tarzda oʻrgartirmoq darkor, zero hozir u olib borilayotgan natijasini bermadi, - deya tushuntiradi siyosatshunos. – Koʻrinib turibdiki, Rossiyaga nisbatan maqsadlaridan amerikaliklar voz kechishmaydi, lekin, ehtimol, iqtisod va xalqro hamkorlikda turli yengilliklarni taklif qilib, oʻynay boshlashadi. Kichik boʻlsada, lekin bu AQShning Rossiya bilan ziddiyotga majburlaganidan juda koʻp narsa yoʻqotgan Yevropaning oʻziga tin olishiga imkon beradi. Vashington uchun hozir allaqachon chokidan soʻkilayotgan alyans boʻyicha ittifoqchisidan mahrum boʻlmaslik muhimdir”.
Flagi SSHA i Ukrainы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Kolumnistlar
AQSH, Rossiya va Yevropa Ukrainaga qarshi birlashdi
Bu versiyani NATOning Ukrainadagi yuqori harbiy faolligi ham qisman tasdiqlaydi. AQSH har qanday paytda Donbassdagi mojaroni boshlashga tayyorligini, bu bilan vaziyatni osonlikcha oʻz foydasiga hal qilishni koʻrsatishga urinib, anʼanaviy ravishda kuchli muzokaralar pozitsiyasini hozirlamoqda. Qayd etish joizki, siyosiy masalalarni shunga oʻxshash amerikacha usullar bilan hal etish tajribasidan oʻrnak olish arzimaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala