Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga joʻnab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev otpravilsya v Andijanskuyu oblast
Shavkat Mirziyoyev otpravilsya v Andijanskuyu oblast - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Tashrif doirasida Soʻgʻd viloyati vakillari bilan uchrashish, 30dan ortiq shartnomalar imzolash rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 10 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikistonga joʻnab ketdi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon taklifiga binoan amalga oshirilayotga ushbu tashrif davomida Oʻzbekiston bilan Tojikiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrif dasturidan Dushanbe shahrida madaniy tadbirlarda ishtirok etish, Soʻgʻd viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashish, sanoat obʼyektlari bilan tanishish oʻrin olgan.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlar, Qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” va jami 30 dan ziyod hujjatlar qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, qtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar boʻlgan tijorat shartnomalari va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala