“Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan chet el fuqarolari Ukrainaga kiritilmaydi

© Sputnik / Abid Majar / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik derjit v rukax ampulu s rossiyskim preparatom ot koronavirusnoy infeksii "Gam-Kovid-Vak" ("Sputnik V")
Meditsinskiy rabotnik derjit v rukax ampulu s rossiyskim preparatom ot koronavirusnoy infeksii Gam-Kovid-Vak (Sputnik V) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan chet elliklarni mamlakatga kiritmaydi - Ukraina chegara xizmati.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. Ukraina hukumati Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan chet el fuqarolari mamlakatga kiritilmaydi, bu haqda Ukraina Davlat chegara xizmati bayonotida aytilgan.

“So‘nggi ikki kun ichida Ukrainaning davlat chegarasi orqali o‘tish punktlarida xorijdan kelgan chet elliklar “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanganlik haqidagi hujjatlar bilan kirishga urinish holatlari kuzatildi. Ta’kidlaymizki, bunday hujjat Ukrainaga kirish huquqini bermaydi, chunki bu vaksina BSST ro‘yxatiga kiritilmagan”, - deyilgan bayonotda.

Chegara xizmatiga ko‘ra, Ukrainaga kirish uchun COVID-19ga qarshi majburiy sug‘urta polisidan tashqari, PSR testining salbiy natijasi yoki ekspress-test, yohud JSST ro‘yxatiga kiritilgan vaksinatsiya preparatlari bilan to‘liq emlanganlik to‘g‘risida hujjat bo‘lishi kerak. Testlar chegarani kesib o‘tishdan kamida 72 soat oldin o‘tkazilgan hamda emlash to‘g‘risidagi hujjat ingliz tiliga tarjima qilingan bo‘lishi kerak.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Ukrainada koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish qonunchilik darajasida taqiqlangan.
"Sputnik V" nazorati organlari tomonidan tasdiqlanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda - bu 3,4 milliarddan ziyod aholisi bo‘lgan 67 davlatda foydalanishga ruxsat berilgan. Preparat Gamaleya nomidagi markazida RFPI ko‘magida inson adenovirus vektorlarining yaxshi o‘rganilgan platformasida ishlab chiqilgan. Ishlab chiquvchilar uning samaradorligini 97,6 foizga baholamoqda.
RFPI rahbari Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, BSST “Sputnik V”ni yaqin ikki oy ichida tasdiqlashi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0