TDTUda yangi "Gidroenergetika" fakulteti ochiladi

© SputnikChto postroil SSSR v Afganistane
Chto postroil SSSR v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2021
Obuna bo‘lish
"O‘zbekgidroenergo" AJ gidroenergetika sohasida kadrlar yetishtirish tashabbusi bilan chiqdi: 2021-yilda TDTUda 50ta va TAQIda -100ta qo‘shimcha abituriyentlar qabul qilinadi.
TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Yangi o‘quv yilida Toshkent Davlat Texnika universitetida 2021-2022 o‘quv yilida yangi "Gidroenergetika" ta’lim yo‘nalishi ochiladi va u yerga 50 nafar abituriyent qabul qilinadi, deb xabar qildi "O‘zbekgidroenergo" AJ axborot xizmati rahbari Ravshan Boyqulov.
Ushbu sohada malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj inobatga olinib, joriy o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida “Gidroenergetika” ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, mazkur yo‘nalishda 5 nafar davlat granti, 45 nafar kontrakt-to‘lov asosida, jami 50 nafar talabani qabul qilish rejalashtirilgan, - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Gidrotexnika inshootlari qurilishi ” ta’lim yo‘nalishining qabul kvotasi 100 nafarga yetkazildi. Undan kunduzgi bo‘limga 75 ta (5 ta grant va 70 ta to‘lov-kontrakt asosida), sirtqi bo‘limga 25 ta (to‘lov-kontrakt asosida) o‘rin ajratildi.
Bugungi kunda, ta’lim muassasasi “O‘zbekgidroenergo” AJ tizim korxonalari va boshqa tashkilotlarning mehnat bozoridagi ehtiyojidan kelib chiqib, jami 55 dan ortiq kasb-hunar turi bo‘yicha ta’limning Davlat standartlariga muvofiq o‘quv reja, dasturlar, texnik vositalar, yangi pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari hamda xalqaro tajribalardan keng foydalangan holda, sifatli o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0