Kolumnistlar

Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi

© AP Photo / Andy WongJenщina slushayet vыstupleniye ministra inostrannыx del Kitaya Van I na forume Lantinga
Jenщina slushayet vыstupleniye ministra inostrannыx del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Jeneva uchrashuvidan soʻng AQSH tashqi siyosatining jiddiy oʻzgarishi kutilmoqda, quyida ushbu haqida batafsil gaplashamiz.
“Odatda bunday ishlar urushdan oldin qilinadi”, degan edi teledebatlardan birida Tashqi razvedka xizmati sobiq polkovnigi, hozir esa MGIMOning tinch professori Andrey Bezrukov.
Gap AQSH maʼmuriyati tomonidan amalga oshirilgan jiddiy tadbir haqida ketmoqda. Ushbu yilning fevral oyida AQSH Rossiyaning turli mahsulotlar bilan taʼminlanishida “zaif nuqtalarini oʻrganish” boʻyicha maxsus tadqiqot buyurtma bergan edi. Tadqiqot aynan prezidentlar Putin va Baydenning Jenevada kutilayotgan uchrashuvi oldidan yakunlandi.
Yuqorida qayd etilgan tadqiqot, albatta AQShning oʻziga nisbatan ham oʻtkazilgan va ularning turli mahsulotlardan zaiflik nuqtalari allaqachon maʼlum. AQSH kamida uch sohada – dori-darmon, yarim-oʻtkazuvchilar va noyob metallar borasida jahon arenasida oʻziga teng raqib – Xitoyga muhtojligi aniqlangan.
Ikkinchi tadbir – AQSH Senati innovatsiyalar va raqobat toʻgʻrisida qonun ishlab chiqdi va uni yaqinda qabul qilishni rejalashtirmoqda. Bu yerda gap yana Xitoy bilan raqobat toʻrisida ketmoqda. Ushbu qonunga koʻra, Amerika iqtisodining Xitoy oldida raqobatbardoshligini oshirish uchun 250 milliard dollar ajratish rejalashtirilgan. Gap Amerika ishlab chiqariuvchilarini tezlashtirilgan innovatsiyalar va subsidiyalar bilan taʼminlash haqida ketmoqda.
Predsedatel KNR Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Dunyoda
Si Tszinpin Xitoy va AQSH qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
Qizigʻi shundaki, AQSH koʻp yillar davomida Xitoy hukumatini oʻz ishlab chiqaruvchilariga koʻrsatayotgan yordamini qoralab kelgan edi. Pekinning “Xitoyda ishlab chiqarilgan 2025” dasturi – eng notoʻgʻri raqobat misoli deb atalgan edi. Yaʼni Xitoyni notoʻgʻri va nohaq raqobat qilishda ayblashgan edi. Faqatgina xususiy korxonalar raqobati – bu toʻgʻri, gʻolibni bozor aniqlash kerak, deyishardi ular. Lekin Xitoyning yoʻli gʻalabaga olib kelishi maʼlum boʻlganidan soʻng esa, AQShning oʻzi bamaylixotir aynan shu ishni qilishni boshladi.
Endi boʻlsa boʻlayotgan voqealar koʻlami haqida. Ekspertlar xulosasiga koʻra, demokratlar respublikachilarning Amerikani qayta industrializatsiya qilish toʻgʻrisidagi gʻoyasini davom ettirishga qaror qilishgan. Gap oʻnlab yillarga moʻljallangan dasturlar haqida ketmoqda. AQSH ushbu yoʻlda yo gʻolib boʻladi yo qurbon boʻladi.
Butunlay qurbon boʻlish haqidagi gaplar biroz boʻrttirilgan boʻlishi mumkin, albatta, lekin Britaniyaning The Guardian nashriga koʻra, oʻn yillik oxiriga kelib Xitoy iqtisod hajmi boʻyicha AQShdan oʻzib ketadi va bir vaqtning oʻzida Jahonda texnologik yetakchilikka erishadi. Bu esa Pentagonni tunlari uxlashga qoʻymayapti. Yetakchilikni yoʻqotish gʻoyasining oʻzi AQSH uchun dahshatning oʻzi.
Bu yerda albatta asosiy soʻz “texnologiyalar”. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning umumiy hajmi albatta muhim, lekin bir ikki kuchli raqib orasida birining texnologik ustunligi va uning dunyoda “texnologik yetkchi”ga aylanishi – bu yanada dahshatli (AQSH uchun).
Jo Baydenning Yevropagu ushbu tashrifi aynan ana shunday kayfiyatlar bilan tayyorlanmoqda. Britaniya nashrida aytilishiga koʻra, Bayden Gʻarb yetakchilari bilan Buyuk Britaniyaning Kornuoll shahrida G7 sammiti doiirasida uchrashadi. U yerda gap avvalombor Xitoy haqida ketadi. Keyin NATO va Yevrotuzilmalar masalalari muhokama qilinadi. Bayden yevropaliklarni Xitoy bilan ikkinchi sovuq urushga jalb qilishni istaydi.
Peregovorы s uchastiyem gossekretarya SSHA Entoni Blinkena i sovetnika prezidenta po natsbezopasnosti Djeyka Sallivana, a takje glavы kantselyarii komissii TSK KPK po inostrannыm delam Yan Tszechi i ministra inostrannыx del Kitaya Vana I v Ankoridje, SSHA - RIA Novosti, 1920, 29.03.2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.03.2021
Kolumnistlar
AQSH yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Yevropaliklar esa boya gʻoyaga nisbatan skeptik munosabatda. Yangi sovuq urushning koʻrinishlaridan biri mana bunday: yuqorida qayd etilgan izlanishlar natijasida Amerikada savdo vakili boshchiligida “zarbdor guruh” tuziladi. Ushbu guruh Xitoyning qaysi mahsuloti AQShda oʻgʻirlangan texnologiyalar asosida yaratilganini aniqlaydi. Keyin esa ushbu tovarlarni nafaqat Amerikaga olib kirish taʼqiqlanadi, balkim ular haqida barcha ittifoqchilarga xabar beriladi. Ittifoqchilar esa Amerikaning soʻziga ishonib ana shu tovarlardan voz kechishi kerak.
Yevropaliklarning barchasi ushbu gʻoyaga rozi boʻladimi, bu murakkab masala. Yevropaliklarga Xitoyning ayrim mahsulotlari yoqmasligi mumkin, lekin Amerikaga Xitoyning oʻzi yoqmaydi. U nima qilsa yoki qilmasa – baribir aybdor boʻladi.
Oqibatda - Jeneva sammiti Bayden tashrifida ikkinchi darajali uchrashuvga aylanib qoladi. Moskva bilan munosabatlar – ikkinchi darajali. Amerika prezidenti birinchi navbatda Rossiyani oldindagi kamida 10 yillikda sodir boʻladigan AQSH-Xitoy urushi mavzusida “paypaslab” koʻradi.
Bunda albatta, Moskva darhol Xitoyga qarshi tomonni egallashni hech kim kutmayapti. Lekin turli gipotetik vaziyatlarda Rossiya oʻzini qanday tutishi mumkinligini bilib olish – Amerika uchun foydali boʻlardi. Balkim Rossiya, oʻziga geosiyosiy suiqasd qilib, muqarrar sovuq urushda biror neytral pozitsiya egllashni istar.
Lekin, eng ososni ikkita kuchli davlat bor, biri – yuqizayotgan, ikkinchisi unga qarshilik koʻrsatishni istaydigan. Ikkalasi ham iqtisodiy gigant va texnologik lider, shu sababli ham potentsial hamkorlar.
Ulardan biri soʻnggi yillarda Rossiyaga nisbatan shunchalik koʻp yomonlik qildi – sanogʻi yoʻq. Ikkinchisi boʻlsa- hech qanday yomonlik qilmadi, demadi, aksincha imkon qadar hamkorlikni rivojlantirishga harakat qilmoqda. Bunday vaziyatda Moskvadan qadam kutish mumkin?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala