Jamiyat

Samarqand viloyatida YPX xodimlari soliqchini oʻlimiga sababchi boʻlishdi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 206-moddasi 1-qismi (Mansab vakolatidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.
TOSHKENT, 11 iyun - Sputnik. Kattaqoʻrgʻon tumani Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi oʻrinbosari A.A yoʻl harakati xavfsizligi xodimlarining zoʻravonligi tufayli vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati xabar qilgan.
Ayni vaqtda jamoatchilik tomonidan muhokama qilinayotgan ushbu hodisaga Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi bayonot eʼlon qildi. BP xabariga koʻra holat yuzasidan JKning 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
"Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi. Tergov ustidan Bosh prokuratura tomonidan nazorat oʻrnatilgan", - deyiladi bosh prokuratura bayonotida.

Hodisa tafsilotlari

Jinoyat ishi materiallariga koʻra, 10 iyun kuni tungi soat 00.20 larda 42 yashar soliq xodimi A.A oʻzining Cobalt rusumli avtomobilida yoʻl harakati qoidalarini buzganligi sababli navbatchilik qilayotgan inspektorlar Qoʻchqorov, Ismoilov, Rahimberdiyev va Xoliqulovlar tomonidan toʻxtatilgan.
Pyat chelovek postradali pri stolknovenii GAZ-5327 s avtomobilyami Matiz i Spark v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Hodisalar
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi
YPX inspektorlari oʻzlariga tegishli Spark rusumli avtomobilining orqa oʻrindiqda soliq xizmatchisining yuz qismidan bosib, uning qisqa va tez oʻlimiga sabab boʻlishgan.
Samarqand viloyati sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga koʻra, soliq xizmatchisining oʻlimiga yurak oʻlchami va massasining keskin oshishi, yaʼni nafas qaytishi sabab boʻlgan. Oʻtkazilgan sud tibbiy ekspertizasi davomida soliq inspektsiyasi rahbarining yuz va boʻyin qismlari, tirsak va boshqa sohalarda jarohatdan olingan shilinmalar borligi aniqlangan.
Oʻzbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmlar doirasida Oʻzbekiston Oliy Majlisining inson huquqlari boʻyicha vakili, Inson huquqlari boʻyicha respublika Milliy markazi rahbariyatini mazkur hodisani oʻrganishga chaqirgan.

Senat nazorati

Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati hodisaga oʻz munosabatini bildirdi.
Senat oʻz rasmiy munosabatida sal avval Ichki ishlar vazirligi eʼlon qilgan rasmiy munosabatni keltirib oʻtgan. Unda fuqaro A.A boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtotransport vositasi svetoforning qizil chirogʻidan toʻxtamasdan oʻtib, xodimlarning toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan, avtotransportda yuqori tezlikda harakatlanib yashirinmoqchi boʻlgani, shundan soʻng yoʻl qatnov qismining oʻrtasida toʻxtab, haydovchi avtotransportni tashlab, piyoda qochishga uringanligini maʼlum qilingan. Bu borada vazirlik internet tarmoqlarida videomaterialni havola etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi mazkur holat boʻyicha oʻrganish natijalari boʻyicha maʼlumotlarni keng ommaga eʼlon qilishini aytib oʻtgan.
Qoʻmita qonun buzilish holatining har qanday koʻrinishiga murosasiz ekanligini qayd etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala