Shavkat Mirziyoyev Xoʻjandga yetib keldi: dasturdan nimalar oʻrin olgan

© Press-slujba prezidenta Respubliki TadjikistanRaxmon i Mirziyoyev v mejdunarodnom aeroportu Xudjanda
Raxmon i Mirziyoyev v mejdunarodnom aeroportu Xudjanda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Oʻzbekiston prezidenti tashrifining ikkinchi kunida Xoʻjand viloyatiga yetib keldi. Bu Shavkat Mirziyoyevning Xoʻjand viloyatiga ilk tashrifidir.
TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kunida Xoʻjand shahriga yetib keldi.
Oʻzbekiston prezidentini Xoʻjand aeroportida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Soʻgʻd viloyati raisi Rajabboy Axmadzoda va boshqa rahbarlar kutib olishdi.
Tashrifi oldidan Xoʻjand shahrida katta tayyorgarlik koʻrilgan, aeroport va koʻchalar ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den
Prezidentlar qisqa uchrashuvdan soʻng Arbob saroyiga yoʻl olishdi. U yerda ikki respublika intelligentsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon "Baxri Tochik" (Tojik dengizi) suv omboriga, Soʻgʻd gilam fabrikasiga hamda Vahdat bogʻidagi qishloq xoʻjalik mahsulotlari koʻrgazmasiga tashrif buyurishadi.
Maʼlmuot uchun, Arbob saroyi – 1950 yillarda Sankt-Peterburgdagi Petergof saroyi arxitektura uslubida qurilgan. Oldin bu yer kolxozchilar madaniyat saroyi boʻlgan. Ushbu saroy Tojikiston uchun alohida ahamiyatga ega. 1992 yilda aynan ushbu saroyda Tojikiston mustaqilligi eʼlon qilingan. 1990 yillar oxirida Tojikistonda fuqaro urushida tinchlik sulhi ham shu yerda tuzilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Tadjikistan, 2-den
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala