Iqtisod

Tojikistondan yoz mavsumida elektr energiyasi sotib olish sabablari maʼlum boʻldi

© Sputnik / Igor Mixalev / Fotobankka oʻtishNurekskaya GES
Nurekskaya GES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Oʻzbekiston har yil aprel - sentyabr oylarida Tojikistondan 1,4 mlrd elektr energiyasi xarid qiladi. Bu respublikadagi IESlarni taʼmirlash va samarali melioratsiya uchun xizmat qiladi.
TOSHKENT, 11 iyun – Sputnik. Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari Tojikistondan soʻnggi 3 yil davomida sotib olingan energiya miqdorini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston energetika hamda suv resurslari muvozanatini saqlash, isteʼmolchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2018 yildan boshlab Tojikiston Respublikasidan elektr energiyasi mavsumiy import amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan edi.
2018 yil aprel-sentyabr oylarida 1 480,9 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilingan;
2019 yil aprel-oktyabr oylarida 1 425,1 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilingan;
2020 yil may-sentyabr oylarida 566,7 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilindi;*
2021 yil may-sentyabr oylarida jami 1 430,0 mln. kVt•soat elektr energiyasi import qilinishi - rejalashtirilgan.
* 2020 yilda aslida 1 255,0 mln. kVt•soat elektr energiyasini import qilish belgilangan edi, lekin Vaxsh daryosining suvi 50 % kamayganligi natijasida “Nurek GES” suv omborida suv sathi pasaygan va Tojikiston tomon murojaatiga asosan elektr energiyasi yetkazib berish qisman toʻxtatilgan.
Maʼlumot uchun, Tojikiston Respublikasidan yozgi mavsumda, yaʼni qishloq xoʻjaligida sugʻorish ishlari jadal olib borayotgan paytda (melioratsiya davrida) elektr energiyasi import amaliyoti Oʻzbekistonda suv resurslari muvozanatini saqlash uchun muhim boʻlib, kecha-yu kunduz — toʻxtovsiz ishlaydigan issiqlik elektr stantsiyalarida sozlash va taʼmirlash ishlarini olib borishga sharoit yaratadi. Bunday mavsumda Oʻzbekistonda mavjud gidroinshootlarda ham elektr energiyasi ishlab chiqarish hamji birmuncha oshadi, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala