Jamiyat

Xonanda Jasur Umirovga tayinlangan sud hukmi oʻzgartirildi

Jasur Umirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Oʻzbekiston Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqdi.
TOSHKENT, 11 iyun — Sputnik. 2021 yil 8 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining yopiq sud majlisida mazkur jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi va sudlangan J. U. ning advokati tomonidan kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari asosida ushbu jinoyat ishi koʻrib chiqilib, J. U. ga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmi va Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 2021 yil 12 martdagi ajrimi oʻzgartirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat ishlari boʻyicha Kattaqoʻrgʻon shahar sudining 2021 yil 2 fevraldagi hukmiga koʻra, J. U. Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Samarqand viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 2021 yil 12 martdagi ajrimi bilan ushbu hukm oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Jasur Umirov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.02.2021
Jamiyat
Xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamaldi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining ajrimiga koʻra, J. U. ga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilroq jazo tayinlash) qoʻllanilib, unga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora koʻrilishi) 1-qismi talablariga muvofiq ushbu jinoyat ishiga oid boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala