Afg‘onistonda jangarilar to‘ydan qaytayotgan besh kishini o‘ldirdi

© AP Photo / RODRIGO ABDAfganskaya politsiya
Afganskaya politsiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
Pag‘man tumanida jangarilar to‘y marosimidan qaytayotgan kishilarni o‘g‘irlab ketgan, so‘ngra o‘ldirgan.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Afg‘onistonda jangarilarning qurolli hujumi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy Tolo News telekanali politsiya ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
Politsiya xabariga ko‘ra, Pag‘man tumanida qurollangan shaxslar to‘y marosimidan qaytayotgan kishilarni o‘g‘irlab ketgan, so‘ngra o‘ldirgan. Telekanal xavfsizlik organidagi manbasiga tayangan holda o‘ldirilganlar orasida mojahedlarning sobiq qo‘mondoni bo‘lganini ma’lum qilmoqda. Qolgan qurbonlar uning qarindoshlari bo‘lgan.
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2021
“Tolibon”* Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Politsiya hodisada “Tolibon”* radikal harakati jangarilarini ayblamoqda. Toliblar hozircha bunga munosabat bildirmagan.
* Rossiya va qator davlatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0