Buxoroda o‘zgaga OIV infeksiyasini yuqtirgan ayolga qarshi jinoiy ish ochildi

CC0 / Unsplash / gbarkz / Siluet jenshini
Siluet jenshini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
34 yoshli ayol OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan. Shunga qaramasdan u bilan himoya vositasiz jinsiy aloqada bo‘lgan.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Buxoro viloyati Jondor tumanida OIV infeksiyasini bila turib, o‘zgaga yuqtirgan ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Vobkent tumanida yashovchi 34 yoshli S.D. ismli ayol 2019-yilning may oyidan beri OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida viloyat OITSga qarshi kurashish Markazi tomonidan ro‘yxatga olingan. Ayol bir necha marotaba yozma ravishda kasallikni boshqalarga yuqtirmaslik haqida ogohlantirilgan.
Siluet jenshini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Buxoroda ayollarga qasddan OIV virusini yuqtirgan yigit qo‘lga olindi
O‘tkazilgan tezkor tadbirda u shunga qaramasdan, Jondor tumani Dalmunobod mahallasidagi xonadonlardan birida fuqaro S.Sh. bilan himoya vositasiz jinsiy aloqada bo‘lgani aniqlangan.
Ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4 qismi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi ochilgan.
Yangiliklar lentasi
0