Sport

CHM-22 saralashi: Oʻzbekiston Yaman ustidan gʻalaba qozondi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaJaloliddin Masharipov
Jaloliddin Masharipov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Oʻyindagi yagona golga Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Futbol boʻyicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Yamanga qarshi oʻynadi.
Bahsda hisobni Oʻzbekiston 19-daqiqada ochdi. Raqibning jarima maydonchasi ichida ishlatgan qoʻpolligi evaziga penalti belgilandi. Jaloliddin Masharipov uni mohirlik bilan ijro etib, “oq boʻrilarni” oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi boʻlim keskin bosimlarsiz oʻtdi va darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.Faqatgina 81-daqiqaga kelib, Yaman darvozasiga yana penalti belgilangandi. Ammo Odil Ahmedov jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi.
Shu tariqa Oʻzbekiston Yaman ustidan kichik hisobda ustun keldi.
Ushbu gʻalabadan keyin Vadim Abramov shogirdlarining ochkolari soni 15 taga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, oldingi oʻyinda “oq boʻrilar” Singapurni yirik hisobda magʻlub etgan edi. Endi Oʻzbekiston 15 iyun kuni Saudiya Arabistoni bilan qarshilashadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala