ChM-22 saralashi: O‘zbekiston Yaman ustidan g‘alaba qozondi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaJaloliddin Masharipov
Jaloliddin Masharipov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘yindagi yagona golga Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati—2022 saralashi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yamanga qarshi o‘ynadi.
Bahsda hisobni O‘zbekiston 19-daqiqada ochdi. Raqibning jarima maydonchasi ichida ishlatgan qo‘polligi evaziga penalti belgilandi. Jaloliddin Masharipov uni mohirlik bilan ijro etib, “oq bo‘rilarni” oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim keskin bosimlarsiz o‘tdi va darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi.Faqatgina 81-daqiqaga kelib, Yaman darvozasiga yana penalti belgilangandi. Ammo Odil Ahmedov jarima zarbasini noaniq amalga oshirdi.
Shu tariqa O‘zbekiston Yaman ustidan kichik hisobda ustun keldi.
Ushbu g‘alabadan keyin Vadim Abramov shogirdlarining ochkolari soni 15 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, oldingi o‘yinda “oq bo‘rilar” Singapurni yirik hisobda mag‘lub etgan edi. Endi O‘zbekiston 15-iyun kuni Saudiya Arabistoni bilan qarshilashadi.
Yangiliklar lentasi
0