Iqtisod

Markaziy bank oʻndan ziyod banklarga jarima sanktsiyalarini qoʻlladi

© REUTERS / Mukhammadsharif MamatkulovZdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana
Zdaniye Tsentralnogo banka Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. Markaziy bank hududlardagi 13 ta bankka nisbatan jarima sanktsiyalarini qoʻlladi.
Jarima banklarda mijozlarga xizmat koʻrsatish, plastik kartalari mavjud fuqarolarda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish natijalariga qoʻllanilgan.
Xususan, tijorat banklarining Andijon, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida faoliyat yuritayotgan muassasalarida nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.04.2021
Jamiyat
Markaziy bank fuqarolarni firibgarlardan ogohlikka chaqirdi
Mazkur hududlarda ayrim bank muassasalarida mijozlarga bank kartalari orqali xizmat koʻrsatilishida qoidabuzarlik holatlari aniqlandi va bunga yoʻl qoʻygan tijorat banklariga nisbatan (“Xalq banki”, “Agrobank”, “Mikrokreditbank”, “Ipak yoʻli banki”, “Ipoteka-bank”, “Qishloq qurilishbank”, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Savdogarbank”, “Infinbank”, “Hamkorbank”, “Milliy bank”, “Aloqabank” va “Turonbank”) belgilangan tartibda jazolangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala