Turizm

Qoʻqonda Turkiy kengash turizm vazirlarining VI yigʻilishi boʻlib oʻtadi

© MID KazaxstanaFlagi stran Tyurkskogo soveta
Flagi stran Tyurkskogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Yigʻilishda Kengashga aʼzo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi muhokama qilinadi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. 23-24-iyun kunlari Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida Turkiy kengash turizm masalalari vazirlarining VI yigʻilishi va Turizm boʻyicha ishchi guruhning XV yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, rejalashtirilgan yigʻilish Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga aʼzo boʻlganidan keyingi vazirlar darajasidagi birinchi tadbir hisoblanadi.
V Baku v ramkax Tyurkskogo Soveta sostoyalos zasedaniye v sfere media - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Dunyoda
Oʻzbekiston media vakillari Turkiy Kengash davlatlari yigʻilishida ishtirok etdi
Yigʻilishda Kengashga aʼzo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, “Tabarruk ziyorat” loyihasini amalga oshirish hamda aʼzo davlatlarning yirik shaharlari oʻrtasida xalqaro aviareyslarni tiklash kabi muhim masalalar muhokama qilinadi.
Shu bilan birga, xorijiy ishtirokchilar turizm sohasidagi istiqbolli loyihalar, ziyorat turizm imkoniyatlari, Fargʻona viloyatining hunarmandchilik, ekoturizm va gastronomik salohiyati bilan tanishtiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala