Iqtisod

“UzAuto Motors” Tojikistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni yoʻlga qoʻyadi

© FOTO / ASKAR YACUBOV Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.06.2021
Oʻzbekiston Tojikistonda oʻz avtomobillarini yigʻishni yoʻlga qoʻyadi. “Auto Motors Tadjikistan” qoʻshma korxonasi tashkil etiladi.
TOSHKENT, 12 iyun — Sputnik. “UzAuto Motors” Tojikistonda avtomobil yigʻishni yoʻlga qoʻyadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Tojikistonning Boxtar shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Oʻzbekiston – Tojikiston hududlararo investitsiyaviy forumida “UzAuto Motors” AJning yengil avtomobillarini ishlab chiqarish "Auto Motors Tadjikistan" qoʻshma korxonasini tashkil etish boʻyicha bitim imzolangan.
V Tadjikistane sostoyalsya 1-y Uzbeksko-tadjikskiy mejregionalnыy investitsionnыy forum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida 730 mln dollarlik shartnomalar imzolandi
Mazkur loyiha 2021 yilning 21 aprel kuni Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri – Sherali Kabirning Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida erishilgan.
Unga koʻra, 5-7 may kunlari “Oʻzavtosanoat” AJ tomonidan ishchi guruh Tojikistonda boʻlib, hamkor “AlyuminSoxtmon” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini oʻrganib, qoʻshma korxona yaratish boʻyicha muzokaralar olib borib qaytgan.
Umumiy qiymati 2 mln dollarni tashkil qilgan loyihaning dastlabki bosqichida ishlab chiqarish hajmi 10 000 dona transport vositasini tashkil etadi. Kelgusida uni 35 000 donaga oshirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala