Yevro-2020: Daniyaning asosiy futbolchisi maydonda hushidan ketdi

© REUTERS / HANNAH MCKAYKristian Eriksen
Kristian Eriksen  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2021
Obuna bo‘lish
Kopengagenda o‘tgan o‘yinda Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen kutilmaganda maydonga yiqilib tushdi.
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 1-turi doirasida Daniya va Finlyandiya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Kopengagenda o‘tgan o‘yinda kutilmagan noxush holat sodir bo‘ldi. Hech qanday to‘qnashuvsiz o‘yinning 43-daqiqasida Daniya yarim himoyachisi Kristian Eriksen kutilmaganda maydonga yiqilib tushdi. Futbolch o‘ng qanotdan oldinga qarab harakatlanayotgan vaqtda muvozanatni yo‘qotib, hushidan ketdi.
© REUTERS / WOLFGANG RATTAYKristian Eriksen
Kristian Eriksen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2021
Kristian Eriksen
Jamoadoshlari uning tili orqaga ketib qolishining oldini olishga harakat qilishdi. Shundan so‘ng shifokorlar darhol maydonga chaqirildi, Daniya terma jamoasi shifokorlaridan tashqari, reanimatsiya guruhi ham jalb qilindi. Tibbiy yordam to‘g‘ridan-to‘g‘ri maydonda ko‘rsatildi.
© AFP / FRIEDEMANN VOGELFutbolisti sbornoy Danii
Futbolisti sbornoy Danii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2021
Futbolisti sbornoy Danii
Daniya terma jamoasi futbolchilari tafsilotlar kameralarga tushmasligi uchun jonli devor yasadi. Reanimatsiya muolajasi muvaffaqiyatli yakunlangach, Eriksen maydondan olib chiqib ketildi.
© AFP / FRIEDEMANN VOGELFutbolist Kristian Eriksen
Futbolist Kristian Eriksen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2021
Futbolist Kristian Eriksen
Kristian hozir kasalxonada va uning ahvoli barqarorlashgan. U o‘zi nafas olmoqda va gapirmoqda.
Bu voqea butun futbol olami va muxlislarni larzaga soldi. Dunyoning barcha jamoalari va futbol yulduzlari Kristianga sog‘liq tilaydi. Uning yaqinlari va oila a’zolariga dalda berishdi.
Ushbu hodisa sabab Yevro-2020 doirasidagi Daniya – Finlandiya o‘yini ikki soatga vaqtincha to‘xtatildi. O‘yin qayta tiklangandan keyin Daniya 0:1 hisobda imkoniyat finnlarga boy berdi.
Jaloliddin Masharipov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2021
ChM-22 saralashi: O‘zbekiston Yaman ustidan g‘alaba qozondi
Yangiliklar lentasi
0