“O‘zbegim tojik bilan”: Ozodbek Nazarbekovning qo‘shig‘i ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston xalq artisti va respublika madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Dushanbeda tashkil etilgan “Do‘stlar oqshomi” konsertida qo‘shiq kuyladi.
Ozodbek Nazarbekov ikki millatining o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik rishtalarini kuyga soldi. Konsert dasturida u kuylagan “O‘zbegim tojik bilan” taronasi tojikistonliklar tomonidan katta olqishlar bilan qarshi olindi.
Yulduz Usmanova vistupayet na konserte v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2021
Yulduz Usmonova Dushanbedagi konsertda hammani raqsga tushirdi
So‘nggi kunlarda bu qo‘shiq internetning tojik segmentida tobora ommalashib bormoqda.
“O‘zbegim tojik bilan” she’ri O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub. Qo‘shiq musiqasini D.Matkarimov bastalagan.
Yangiliklar lentasi
0