Putin Rossiya-AQSh sammiti maqsadini ma’lum qildi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan uchrashuvdan oldin ular shaxsiy aloqalarni qayta tiklashlari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yishlari zarurligini ma’lum qildi.
“Gaplashadigan narsalar bor. Shunday umumiy mavzular bor. Biz bu uchrashuvdan keyin barcha sohalar bo‘yicha ish mexanizmini yaratsak, o‘ylashimcha, bu yaxshi bo‘lgan bo‘lardi, uchrashuv bekorga bo‘lmadi deb aytish mumkin bo‘lardi”, - dedi Putin “Smotrim” platformasida ko‘rsatilgan intervyuda.
Jeneva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.06.2021
OAV Putin va Baydenning Shveysariyadagi uchrashuvining ehtimoliy joyini xabar qildi
Putin Oq uy ham buni aytayotganini eslatdi: har ikkila tomonni qiziqtirgan bir qancha masalalar bor – strategik barqarorlik, mintaqaviy mojarolar, jumladan, Liviya va Suriyadagi. Shuningdek, Putin kiberxavfsizlikni tilga oldi va uni eng muhimlaridan biri ekanini urg‘uladi.
Rossiya rahbari oliy darajadagi uchrashuvlardan oldin uning ishtirokchilari ish uchun qulay muhim yaratish uchun negativ gap-so‘zlarni kamaytirishga harakat qilishlarini ta’kidladi.
Putin va Bayden birinchi marta Rossiya va AQSh prezidentlari sifatida 16-iyun kuni Jenevada uchrashishadi.
Yangiliklar lentasi
0