Jamiyat

Volontyorlar va faollar Toshkent viloyatida 40 gektar maydonni chiqindilardan tozalashdi

© Press-slujba xokimiyata Tashkentskoy oblastiEko-aktsiya proshla v Tashkentskoy oblasti
Eko-aktsiya proshla v Tashkentskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chimyon hududi va Tuyaboʻgʻiz suv ombori atrofini chiqindilardan tozalash ishlarida 500 nafardan ortiq koʻngillilar, ayniqsa, yoshlar faollik koʻrsatishdi
TOSHKENT, 13 iyun - Sputnik. Bugun Toshkent viloyatida boʻlib oʻtgan "Tabiat — hammamiz uchun" ekologik aktsiyasida volonterlar va faollar 40 gektar maydonni chiqindilardan tozalashdi.
Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati vakili xabar berdi.
"Toshkent viloyati boʻyicha tashkil etilgan “Tabiat — hammamiz uchun” ekologik aktsiyasi yuzlab hudud faollari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bir maqsadda birlashtirdi. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chimyon hududi va Tuyaboʻgʻiz suv ombori atrofining 40 gektarga yaqin hududini chiqindilardan tozalash ishlarida 500 nafardan ortiq koʻngillilar, ayniqsa, yoshlar faollik koʻrsatishdi. Ushbu aktsiyadan koʻzlangan asosiy maqsad sayyoramiz tozaligiga hissa qoʻshish, ekomadaniyatni oʻstirishdan iborat", - dedi hokimlik matbuot-xizmati vakili.
Toshkent viloyati hokimligi, viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda avtomobil yoʻllari atrofi, suv boʻyi va daraxtzorlarda keng koʻlamli tozalash, chiqindilarni yigʻish, atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
Yaqinda Everest choʻqqisini zabt etgan "Oʻzbekiston iftixori" unvoni sohibi Sergey Denisenko, OAV vakillari ushbu eko-aktsiyada ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala