Dunyoda

AQSH Markaziy Osiyoda eng yirik harbiy bazani qurishni rejalashtirmoqda

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Fotobankka oʻtishAmerikanskiye soldatы
Amerikanskiye soldatы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Amerika navbatdagi bor Markaziy Osiyoda qurilajak harbiy baza haqida maʼlum qildi: obʼyekt qayerda bunyod etilishi mumkin?
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Markaziy Osiyodagi mamlakatlardan birida amerika harbiy bazasi qurilishi mumkin. Bu haqda Qozogʻistonga tashrifi davomida AQShning Afgʻonistonda tinchlikni qaror toptirish boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bayonot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, Vashington ayni vaqtda regiondagi boshqa davlatlar bilan birgalikda amerika harbiylari Afgʻonistondan olib chiqilgach, u yerda stabil vaziyatni qoʻllab-quvvatlash va terrorizmga qarshi kurashga yoʻnaltirilgan choralarni ishlab chiqish xususida muzokaralar olib bormoqda.
Vertoletы koalitsii NATO v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarning yarmidan koʻpi chiqarilgani haqida bayonot berdi
"Hozirda muzokara jarayonidamiz. Shuni aytish lozimki, muzokaralar pozitiv, umidvorlik ruhida kechdi", - deya qayd etdi Xalilzod.
U MO vakillari bilan Afgʻonistondagi iqtisodiy va gumanitar, shuningdek, xavfsizlik sohalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan shart-sharoitlar haqida gaplashganini taʼkidlab oʻtdi.
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev va Xalilzod ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Davlatlar vakillarining fikriga koʻra, bu Afgʻonistonda tinchlikni taʼminlash va terroristik xurujlarning oldini olishga hissa qoʻshadi. "AQSH Qozogʻistonning ishonchli sherigidir. Biz turli sohalarda, shu jumladan savdo-sotiq va iqtisodiyot sohasida faol hamkorlik qilib kelmoqdamiz", - dedi Tokayev.
Avtomat v rukax chlena nezakonnogo voorujennogo formirovaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.05.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Tolibon”* Afgʻoniston qoʻshnilarini oʻz hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Avvalroq Amerika rasmiylari Tojikistonda harbiy baza qurish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani maʼlum boʻlgan edi. Bu maʼlumot AQSH Piyoda qoʻshinlari muhandislik korpusi arizasida koʻrsatib oʻtilgan edi.
Hujjatda qayd etilishicha, Vashington Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning 20ta mamlakatida keng infratuzilmali harbiy bazalarni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Obʼyektlar tarkibidan aeroportlar, avtomobil yoʻllari, kasalxonalar, elektr stantsiyalari, suv quvur tarmoqlari va boshqa koʻplab infratuzilmalar oʻrin oladi.
AQSH hukumati bundan oldin ham koʻplab marotaba bu singari rejalar haqida eʼlon qilgan, ammo ulkan rejalar amalga oshmasdan qolavergan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala