Dunyoda

G7 sammiti bayonotidan soʻng Xitoy qatʼiy norozilik bildirdi

© REUTERS / Patrick Semansky / POOLSammit G7 v Kornuolle, Angliya
Sammit G7 v Kornuolle, Angliya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Kornuollda boʻlib oʻtgan G7 sammiti bayonotidan soʻng Buyuk Britaniyadagi Xitoy elchixonasi qatʼiy norozilik bildirdi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Angliyada boʻlib oʻtgan G7 sammiti bayonotidan soʻng Buyuk Britaniyadagi XXR elchixonasi keskin norozilik bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Angliya janubidagi Kornuoll grafiligida 11-13 iyun kunlari boʻlib oʻtgan G7 sammitidan soʻng, katta yettilik Xitoy bilan hamkorlik qilishda davom etishini, lekin Xitoy hukumatidan inson huquqlarini bajarishni talab qilishdi, xususan Shinjon uygʻur va Gonkongda.
Shuningdek, G7 rahbarlari Tayvan boʻgʻozi, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizidagi vaziyatdan xavotirda ekanini maʼlum qilishdi.
Xitoy hukumati ushbu bayonotlarga nisbatan keskin norozilik bildirdi.
“G7 sammiti yakuniy bayonotida Shinjon, Gonkong va Tayvandagi vaziyatga oid faktlar buzib koʻrsatilgan. Haiqiqat – yolgʻon deb baholanib, Xitoy ayblanmoqda. Bu Xirtoyning ichki ishlariga qoʻpol aralashuv va xalqaro huquqning asosiy printsiplari buzilishidir. Biz bundan norozimiz va qatʼiy eʼtiroz bildiramiz”, - deyilgan Xitoy elchixonasi bayonotida.
Shuningdek, Xitoy diplomatik vakolatxonasi bayonotida, dunyoda COVID-19 epidemiyasi avj olayotgan, iqtisodiy vaziyat ogʻirligicha qolmoqda. Iqlim oʻzgarishi muammolari tobora kuchli sezilmoqda. Ana shunday murakkab vaziyatda, dunyo hamjamiyatiga yakdillik va barchaning bir-biri bilan hamkorligi kerak. Lekin boʻlib oʻtgan G7 sammiti dunyoda sunʼiy ravishda qarama-qarshilik va tarqoqlik singdirayotgan “blokchilik siyosatini” yaqqol namoyish qildi, deyilgan.
“Biz AQSH va G7ning boshqa aʼzolarini faktlarga asoslanishni va Xitoyga nisbatan tuhmat qilishni bas qilishni, Xitoyning ichki ishlariga aralashishni va manfaatlariga putr yetkazishni bas qilishni soʻraymiz”, - deyilgan bayonotda.
Jenщina slushayet vыstupleniye ministra inostrannыx del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Kolumnistlar
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
Biroz oldin, AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan G7 davlatlari “Xitoy borasida asosoiy masalalarda kelishuvga erishganini va ularning har biri Xitoydan turli darajada xavotirda ekanini” maʼlum qilgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, G7 davlatlari aksariyat hollarda Xitoyga nisbatan bir xid soʻzni ishlatgan – “Qarshilik koʻrsatish” va “raqobat qilish”.
E/slatib oʻtamiz, G7ning soʻnggi sammiti soʻnggi ikki yil ichida ushbu davlatlar rahbarlarning birinchi yuzma-yuz uchrashuvi boʻldi. G7 tarkibiga – Britaniya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, AQShva YEI kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala