IIV Kattaqo‘rg‘ondagi YPX inspektorlari voqeasiga rasmiy munosabat bildirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBodi-kamera i znachok ispektora DPS
Bodi-kamera i znachok ispektora DPS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2021
Obuna bo‘lish
IIV Kattaqo‘rg‘onda fuqaroning vafoti bilan tugagan YHX bo‘linmasi xodimlari ishi yuzasidan jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida YPX inspektorlari ishtirokida sodir bo‘lgan fojiaga rasmiy munosabat bildirdi.

IIV, xabarida ushbu holat yuzasida prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligini va tergov harakatlarini olib borilayotganligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, IIV o‘z xabarida jurnalistlardan voqeaga xolis yondashishni va har bir fuqaro aybi sudda tasdiqlanmagunicha aybsiz hisoblanishini eslatib o‘tgan.
Kun.uz nashri xabar qilishiga ko‘ra, 9-iyun kechasi 41 yoshli soliq noziri Azizbek Ahmedov o‘z avtomobilida svetoforning qizil chirog‘iga chorrahadan o‘tadi va IIB YHX bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatiladi. IIB xodimlari A.Ahmedovni spirtli ichimliklar ichishda gumon qilib majburiy tekshiruvdan o‘tkazishga olib borishmoqchi bo‘lishadi, lekin fuqaro bunga rozi bo‘lmaydi. To‘rt nafar IIB xodimlari va A.Ahmedov orasida tortishuv jarayoni fuqaroning vafoti bilan tugaydi.
Yangiliklar lentasi
0