Siyosat

Oʻzbekiston va Rossiya qoʻshma komissiyasi majlisi 22 iyunda boʻlib oʻtadi

© MO RFFlagi Rossii i Uzbekistana
Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Qoʻshma komissiya uchrashuvida kutilayotgan Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi - bosh mavzu boʻladi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Moskvada 22 iyun kuni bosh vazirlar darajasidagi Oʻzbekiston va Rossiya qoʻshma komissiyasi majlisi boʻlib oʻtadi. Bu haqida Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov maʼlum qildi.
Diplomat xabar qilishiga koʻra, ushbu uchrashuvda muhokama qilinadigan bosh mavzulardan biri –kutilayotgan Oʻzbekiston va Rossiya rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik masalasi boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, dastlab Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi 2020 yilga moʻljallangan edi. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu uchrashuv sanasini oʻzgartirishga toʻgʻri keldi. Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qilishga koʻra, oliy darajadagi uchrashuv 2021 yilda boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala