Dunyoda

Qora dengizga NATOning ikkita harbiy kemasi kirib keldi

© REUTERS / HANDOUTEsminets VMS SSHA Fitzgerald
Esminets VMS SSHA Fitzgerald - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Britaniyaning "Defender" esminetsi va Niderlandning "Everton" fregati Qora dengiz akvatoriyasiga kirib keldi.
TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. NATOning ikkita harbiy kemasi Qora dengiz akvatoriyasiga kirib keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Milliy Mudofaani boshqarish markaziga asosan.
Bular boshqariluvchi raketalar bilan jihozlangan Britaniyaning "Defender" esminetsi va Niderlandning "Everton" fregati. Rossiya harbiy dengiz kuchlari ularning ortidan kuzatib turibdi, - deyilgan xabarda.
AQSH va NATO harbiy kemalari Qora dengizga kirishi – odatiy holga aylanib qolgan. Yanvar oyida u yerga “Porter” va “Donald Kuk” nomli esminetslar kirib chiqqandi. Mart oyida esa "Tomas Xadner" esminetsi va "Monterey" keyseri kirib kelgan edi. NATO xabariga koʻra, bu - Rossiya tomonidan harbiy kuch miqdori oshirilishiga javob boʻlgan.
Moskva esa ushbu harakatlarga javoban Qora dengizda harbiy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazgan edi. Mashgʻulotlar qatoriga dengiz jangi ham kiritilgan edi.
1936 yilda imzolangan Montre konventsiyasi ushbu dengiz atrofida joylashmagan davlatlar harbiy kemalarining Qora dengizda boʻlish muddatini 3 hafta deb belgilagan. Konventsiya shuningdek bir vaqtning oʻzida Qora dengizda 9tagacha xorijiy davlatlar kemalari boʻlishini va ularing suv sigʻimi 30 ming tonnadan oshmasligini belgilaydi.
Amerikanskiy esminets Lassen v more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.02.2021
Analitika
Qora dengizga yana AQSH esminetsi kirib keldi: buyogʻi nima boʻladi
Rossiya ham, oʻz navbatida Qora dengiz hududida bgona harbiy kemalarning boʻlishi hududda barqarorlik boʻlishiga xizmat qilmasligini bir necha bor taʼkidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala