Jamiyat

Sergelida havoni bulgʻagan 22 nafar korxona maʼsullariga maʼmuriy ish ochildi

© AFP / RODRIGO BUENDIAMujchina zakrыvayet nos. Illyustrativnoye foto
Mujchina zakrыvayet nos. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.06.2021
Bektemir Salar suv tozalash inshootlariga Texnik suvlarni yetarlicha tozalamasdan turib oqizgan korxonalar faoliyati toʻxtatildi, maʼsullar javobgarlikka tortilmoqda.
TOSHKENT, 14 iyun - Sputnik. Sergeli tumanidagi uzoq vaqt davomida suv va havoni ifloslantirishga sabab boʻlgan korxonalarning 22 nafar maʼsul shaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida ish ochildi, deb xabar qilmoqda Davlat Ekologiya qoʻmitasi.
Bektemir va Salar oqova suv tozalash inshootlariga texnik suvlarni tashlovchi korxonalarda amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasiga koʻra, korxona va tashkilotlarning 22 nafar masʼullariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida”gi Kodeksi tegishli moddalari bilan maʼmuriy ishlar qoʻzgʻatildi, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Salar oqova suv tozalash inshootiga ishlab chiqarish oqova suvlarini tashlovchi 18 ta korxonadan 11 tasida tekshirishlar amalga oshirildi. Meʼyor darajasida tozalanmagan oqova tashlayotgan korxonalar faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan.
Undan tashqari, Bektemir tumanida joylashgan 9 ta korxona tomonidan berilgan majburiy koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmaganligi sababli davlat ekologik ekspertizasining belgilangan muddatdan oldin amal qilishini toʻxtatish va shahar kanalizatsiya tarmogʻidan uzish maqsadida Toshkent shahar iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilgan.
Rabochaya gruppa izuchayet rabotu ochistnыx soorujeniya Salar - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Jamiyat
“Salar” tozalash inshooti atrofidagi barcha korxonalar faoliyati toʻxtatildi
Eslatib oʻtamiz, Sergeli tumani “Oʻzgarish” mahallasi aholisi yoqimsiz hid kelayotgani haqida uzoq vaqtdan buyon arz qilib kelayotgan edi.
Ushbu borada koʻp marortaba oʻtkazilgan tekshiruvlar natija bermaganidan keyin Toshkent shahar hokimligi, suv-oqava tizimi, ekologiya qoʻmitasi xodimlaridan iborat qoʻshma komissiya tuzilib kanal boʻyida joylashgan korxonalar yoppsiga tekshirilgan va ularning bir nechasi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala