Kikboksing bo‘yicha "UZBEKISTAN OPEN" turniriga mingdan ortiq sportchi keladi

© Sputnik / Yuriy SomovKikboksing
Kikboksing - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda bugun boshlanayotgan kikboksing bo‘yicha nufuzli musobaqaga dunyoning 14 mamlakatidan 1100 nafar havaskor va professional jangchilar ishtirok etadi.
TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda 15-21 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Kikboksing bo‘yicha "UZBEKISTAN OPEN" xalqaro turnirida 14 mamlakatdan mingdan ortiq sportchi keladi. Bu haqida O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi prezidenti Oybek Narmetov xabar qildi.
"Toshkent shahri mezbonlik qiladigan musobaqaga 14 mamlakatdan 1,100ga yaqin sportchi ishtirok etadi. Pandemiya tufayli 10ga yaqin mamlakat sportchilari qatnashish istagida bo‘lsa-da, kela olishmadi. Shunga qaramay, musobaqani yuqori saviyada o‘tkazamiz, deb o‘ylayman", - dedi Narmetov.
Matbuot anjumanida, shuningdek Umumjahon Kikboksing federatsiyasi (WAKO) vitse-prezidenti, Turkiya Kikboksing federatsiyasi prezidenti Salim Kayichi ham ishtirok etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda Kikboksing musobaqasini chiroyli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mehmon buning uchun O‘zbekiston prezidenti va Kikboksing assotsiatsiyasi rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, kikboksing sport turi 1960-yillarda paydo bo‘lgan. Uning asosida tayboks, amerika boksi va yana boshqa sport turlari bo‘lib, hozirgi kunda kikboksing 7-ta asosiy yo‘nalishi bor. Ular zarbalar turi, va yengil og‘irligi bilan farq qiladi. Bugungi kunda kikboksing Olimpiya sport turiga kiritilmagan.
Boks - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2021
Toshkent ilk bor boks bo‘yicha JChga mezbonlik qiladi
Matbuot anjumanida ushbu sport turi bo‘yicha WAKO bosh hakami maqomida ishtirok etgan Yuriy Laktikov, Tokio Olimpidasi jarayonida kikboksing Olimpiya sport turlari qatoriga qo‘shilishiga ishonch bildirdi.
Udan tashqari Laktikov O‘zbekistonda kikboksingni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlarni juda yaxshi deb baholadi. Shuningdek bosh hakam, "UZBEKISTAN OPEN" xalqaro turnirida havaskor va professional jangchilar bellashuviga imkon yaratish - bu tashkilotchilarning katta yutug‘i deb atadi va kelajakda boshqalar ham ulardan o‘rnak olishiga ishonch bildirdi.
"UZBEKISTAN OPEN" turnirida 10 - 40 yoshli sportchilar orasida kikboksingning 5-yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekistonda ilk bor professional jangchilar orasida jang bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik va ukrainalik sportchi professional yo‘nalishda qit’alararo kamar uchun bellashadi.
Yangiliklar lentasi
0