Kolumnistlar

Natija oldindan ayon: Jeneva sammitidan keyin nima roʻy bermaydi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishVstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Ertaga Jenevada Vladimir Putin AQShning navbatdagi prezidenti bilan uchrashadi – Jo Bayden u uchun Oq uy xoʻjayinlari bilan suhbat oʻtkazilgan beshinchisi boʻladi. 20 yildan ziyodroq vaqt ichida Putin Amerika prezidentlari bilan oʻnlarcha uchrashuvlar oʻtkazdi (uning koʻproq kichik Jorj Bush bilan suhbatlashishiga toʻgʻri keldi), biroq AQShning har bir rahbari almashishi bilan ikki mamlakat munosabatlari yomonlashdi, xolos. Ha, Bush Vladimir Putinning qalbini koʻrganini aytgandi, Bayden esa Rossiya prezidenti haqida: qalbini koʻrmayapman, qotilni koʻryapman – lekin Amerika prezidenti familiyalari oʻzgarishidan qatʼi nazar mamlakatimizga boʻlgan munosabat yomonlashgan (“Putin bilan munosabatlarni yaxshilashga” bel bogʻlagan Trampning taajjubli ishi buni namoyon qildi, xolos).
Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2021
Rossiya
Putin Rossiya-AQSH sammiti maqsadini maʼlum qildi
2013 yildan keyin (Snouden qochishi va amerikaliklarning Suriya boʻylab zarba berishdan bosh tortishi) Putinni Gʻarbda dunyoning asosiy yovuziga aylantirishdi – Ukraina va Skripallar, kiberhujumlar va Navalniy “demokratiyaning asosiy tahdidiga” yangi shtrix boʻlib xizmat qilishdi, xolos. Trampning “rus aloqalari” va “amerika saylovlariga aralashish”ning fantasmagorik tarixi amerika isteblishmentining oʻzi va dunyo haqida, Rossiya va Putin haqidagi adekvat boʻlmagan tasavvurlarini juda yaxshi namoyon etadi. Bu sharoitlarda oliy darajadagi uchrashuv nimalarni berishi mumkin?
Muloqot maqsadidagi muloqot? Ha, bu allaqachon kam emas – ikki mamlakat munosabatlari oz boʻlmasa 80 yillar boshidagi darajasiga yetgan bir sharoitlarda. Oddiy muloqot taqchilligi – yaʼni suhbat va muzokaralar – haqiqatdan bor, muloqat qayta tiklanganini faqat olqishlash mumkin. Toʻgʻri, bu juda ogʻir va kam samarali muloqot boʻladi. Biroq bu, aytishadi-ku, hech narsadan koʻra yaxshiroq.
Kreml ham, Oq uy ham bir necha marotaba Jeneva sammiti munosabati bilan hech qanday xom xayol va umidga berilmayotganini taʼkidlagandi – va bu haqiqat. Shunga oʻxshash pasaytirib koʻrsatilgan kutilmalar beixtiyor keyin gʻoyat oddiy natijalarni muvaffaqiyat deb eʼlon qilishga koʻmaklashadi. Lekin bu yerda gap avvalo Amerika ichki siyosiy vaziyat xususiyatlari haqida bormoqda. AQShda soʻnggi yillarda Rossiya va Putin atrofida ichki siyosiy kurash uchun juda koʻp narsalar qalashtirib tashlangan. Hozir esa Bayden maʼmuriyatiga Jeneva sammitini oʻzining muvaffaqiyati sifatida koʻrsatish foydali boʻladi. Buning ustiga muzokaralarning haqiqiy mazmuni va natijasi bunda hech qanday ahamiyatga ega boʻlmaydi – ular baribir sir boʻlib qoladi, shunday ekan Amerika maʼmuriyati ularni oʻz foydasiga talqin qila oladi. Maʼlumki, faqat ichki auditoriya uchun – “uyqu bosgan Jo”ning zaifligi va noadekvatligi ustidan kulish imkoniyati qoʻldan chiqarmaydigan Trampning masxaralariga qarshi turish uchun.
Jenщina slushayet vыstupleniye ministra inostrannыx del Kitaya Van I na forume Lantinga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.06.2021
Kolumnistlar
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
Shu bois Jeneva sammiti real nima berishi mumkinligi muhim emas, unda aniq nima roʻy bermasligi muhimroq. Jenevada nima boʻlmaydi?
Ikki mamlakat munosabatlarida jiddiy oʻzgarishlarga umid boʻlmaydi. Chunki ham obʼyektiv va tobora kuchayotgan geosiyosiy ziddiyat, ham AQShdagi ichki siyosiy inqiroz (uning natijasida Rossiyaga juda koʻp narsa agʻdarilgan) biror bir koʻzga koʻrinarli iliqlashuvni istisno qiladi.
Hozir ham umid yoʻq, ular Jenevadan keyin ham paydo boʻlmaydi. Elchilarning qaytishi va diplomatik muassasalar ishidagi ayrim cheklovlarning bekor qilinishi – sammit yakuniga koʻra kutish mumkin boʻlgan ikki tomonlama munosabatlardagi yagona ijobiy oʻzgarish.
Dushmanning strategik chizigʻi oʻzgarishiga nisbatan xom xayol yoʻq. Rossiyada ular aniq yoʻq. Moskva-Vashington-Pekin uchburchagi. Bu yerda AQSH Rossiya va Xitoyga qarshi “yagona demokratiya frontini” yoʻlga qoʻyishga urinib, hadeb oʻz oyogʻiga oʻq uzishda davom etmoqda.
Ukraina uchun kurash yuzasidan ham xom xayollar yoʻq – bu yerda yon berish uchun imkoniyatning oʻzi shunchaki yoʻq. Amrika elitasida oxirigacha Rossiyaga bosim oʻtkazish uchun, mamlakatimizni tutib turish uchun ukrain omilidan foydalanadi, yaʼni bizni Ukrainani NATOga qoʻshilishi va tarixiy rus hududlarinining geosiyosiy tegishliligini oʻzgartirish bilan shantaj qilish va jigʻimizga tegishga urinishadi.
Bыvshiy prezident SSHA Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.06.2021
Dunyoda
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Ukrainaning haqiqiy atlantizatsiyasining imkoni yoʻqligini tushunish Vashingtonni ortiqcha berilib ketganlikdan mahrum qilmaydi, Amerika oʻyinini yanada xatarliroq qiladi, xolos. Bir payt kelib bu ukrain davlatchilining barham topishiga olib kelishi mumkiligi amerikaliklarning umuman parvoiga kelmaydi. Birinchidan, ular bunga unchalik ishonishmaydi, ikkinchidan esa Rossiyaga qarshi oʻyinda ukrain qartasidagi taktik foyda ularning koʻzini ehtimoliy strategik yoʻqotishlarni koʻrmaslikka olib keladi.
Va eng asosiysi, Jenevada nima boʻlmaydi. Ishonch boʻlmaydi – siz esa umuman hech qanday kelishuvlarning imkoni yoʻq. Boz ustiga ishonch har ikki tomondan yoʻq – yaʼni bu oʻta kuchli oʻzaro his-tuygʻu. “Ishonma va tekshirib koʻr” bu yerda ham ish bermaydi. Bir qator masalalar boʻyicha qarama-qarshiliklar (nafaqat Ukraina yoki Rossiya-Yevropa munosabatlari) muhim xususiyatga ega va dunyo tuzilishi va tugʻilayotgan tinchlik oʻrnatishda Rossiya va AQShning oʻrni haqidagi mutlaqo turli tasavvurlar keltirib chiqargan.
Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina vo Frantsiyu  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.06.2021
Analitika
Putin Ukraina boʻyicha oʻz pozitsiyasini bildirdi - u Zelenskiyga qanday signallarni yubormoqda?
Ishonch, xom xayol va umidsiz munosabatlarni yoʻlga qoʻyish imkonsiz? Nega – aynan shu sharoitlarda yangi dunyo tugʻiladi. Putinning Bayden oldidagi ustunligi u buning ustida ishlashi, kelajakning namoyon boʻlayotgan tashqi koʻrishiga strategik pul tikayotganligida, uyqu bosgan Jo esa ketayotgan dunyo tartibining umrini uzaytirishga urinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala