Jamiyat

Oʻzbekiston fuqaroligini olish osonlashtirildi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunga imzo chekdi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Endilikda Oʻzbekistonda tugʻilgan fuqaroligi boʻlmaganlarga fuqarolik olish uchun uzluksiz 5 yil yashash talab etilmaydi. Bu prezident imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonunda koʻzda tutilgan.
Tsentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.05.2021
Jamiyat
Senat Oʻzbekiston fuqaroligini olishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi qonunni maʼqulladi
Qonunga “identifikatsiyalovchi ID-kartasi” tushunchasi kiritildi.
Oʻzgartirishga koʻra, 2005 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekistonda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida boʻlmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, ota-onasidan biri (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va Oʻzbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Qonunga koʻra, endilikda Oʻzbekiston fuqarosi deb tan olish uchun faktlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchi ushbu faktlarni sud tartibida aniqlashi mumkin.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston hududida tugʻilgan va yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston fuqaroligini olish maqsadida iltimosnoma bilan murojaat qilgan kunga qadar 5 yil davomida (fuqaroligi boʻlmagan shaxsga yashash guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran) uzluksiz yashash sharti bekor qilinishi belgilandi.
Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala