Jamiyat

Oʻzbekistonda chekish mumkin boʻlmagan jamoat joylarining aniq roʻyxati tuziladi

© Sputnik / Konstantin ChalabovKureniye
Kureniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin isteʼmol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yigʻilishida deputatlar “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda kontseptual jihatdan qabul qildi.
Qonun loyihasi bilan alkogol va tamaki mahsulotlari, tamaki va nikotin isteʼmol qilish uchun moslamalarni realizatsiya qilishga doir cheklovlar kengaytirilmoqda.
Proizvodstvo sigaret - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.04.2020
Iqtisod
Qator tamaki mahsulotlariga aktsiz soligʻi kiritiladi
Loyihada alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish mumkin boʻlmagan jamoat joylarining aniq roʻyxati koʻrsatilib, chekish uchun ajratilgan maxsus joylarga minimal talablar belgilanmoqda. Uning ijrosini taʼminlash uchun masʼul shaxslar majburiyatlari aniqlanmoqda.
Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining majburiyatlari belgilanmoqda. Tamaki mahsulotining isteʼmol qutisiga tibbiy ogohlantirishlarni joylashtirish uchun ajratilgan maydon yuzasi 40 foizdan 65 foizga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala