"Gender tenglik - 2030" strategiyasi qabul qilindi - Tanzila Narbayeva

© SenatTanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF
Tanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Bundan buyon gender tenglik masalalari bilan nafaqat xotin-qizlar qo‘mitalari, balkim barcha vazirliklar va hokimiyatlar ham shug‘ullanadi.
TOShKENT, 15-iyun – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strageriyasi qabu qilindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda barqaror rivojlanish uchun ayollarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi xalqaro forumda.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMejdunarodnaya konferensiya po pravam jenshin v SA
Mejdunarodnaya konferensiya po pravam jenshin v SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Mejdunarodnaya konferensiya po pravam jenshin v SA
Narbayeva aytishiga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi 4-yil ichida xotin-qizlar huquqlariga bag‘ishlangan 25ta nomativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ulardan eng muhimilari Gender tenglikka bag‘ishlangan qonun va xotin-qizlarni tayziq va zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonun.

“Undan tashqari, kuni kecha yana bir muhim hujjat qabul qilindi. 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish to‘g‘risidagi Senat qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat ustida biz bir yildan ortiq ishladik. Bunda bizga BMT va xalqaro bank va moliya tashkilotlari yordam berishdi. Ularning ko‘magida biz xalqaro standartlarni o‘z ichiga olgan strategiyani, uni amalga oshirish dasturini va ularni baholash indikatorlarrini qabul qildik”, - deydi Senat raisi.

Gender tenglik strategiyasining asosiy yo‘nalishlari:
1.
Xotin qizlar ijtimoiy faolligini oshirish;
2.
Rahbarlik lavozimlariga ayollarni tayyorlab, tavsiya etib borish;
3.
Ayollar bandligini ta’minlash, ular uchun munosib ish o‘rinlari yaratish ishlarini davom ettirish;
4.
Ayollar tadbirkorligini rivojlantiramiz, ularning moliyaviy resurslarga egalik qilish huquqlarini qat’iy talab qilish;
5.
Eng asosiysi – xotin-qizlarga nisbatan bo‘layotgan ayrim zo‘ravonlik holatlarini to‘liq bartaraf etish;
6.
Imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
Ushbu strategiyaning yana bir muhim jihati - bundan buyon bu ishlar bilan nafaqat xotin-qizlar qo‘mitalari, balkim barcha vazirliklar, hokimliklar ham shug‘ullanadi.
Shuningdek, Xotin qizlar qo‘mitasi tomonidan Xotin qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil qilinib u yerda ayollar tadbirkorlikka o‘rgatish, kasb-hunar o‘rgatish va imtiyozli kreditlar ajratish yo‘lga qo‘yilgan.
Marufova Gulnora Maxmudovna, perviy zamestitel ministra po delam maxalli i semi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2020
Oiladagi zo‘ravonlik, ayollar huquqi, gender tenglik: Gulnora Marufova bilan maxsus intervyu
Undan tashqari prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “ayollar daftari”, “temir daftar” va “yoshlar daftari” kabi ijtimoiy himoya qamroviga 1,5 mln nafar ayollar olingan bo‘lib, ularga doimiy ravishda moliyaviy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.
Shu bilan birga, Tanzila Narbayeva so‘nggi bir necha yilda O‘zbekiston xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish borasida jiddiy yutuqlarga erishayotganini va ildam qadamlar bilan dunyoning rivojlangan davlatlari ko‘rsatgichlariga yaqinlashayotganini aytib o‘tdi. Xususan, 190ta davlat parlamentlarini birlashtirgan Parlamentlararo ittifoq ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston parlamentida ayollar ishtiroki ko‘rsatgichi bo‘yicha 128 o‘rindan 45 o‘ringa ko‘tarilgan. Bu AQSh, Kanada va Avstraliyadan yuqori.
Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro forumda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari, Oliy Majlis Senati a’zolari, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish vasiylik kengashi raisi o‘rinborsari, O‘zbekiston Respublikasining gender tengligi bo‘yicha komissiyasi rahbari, qo‘shni davlatlar parlamentlari rahbarlari va o‘rinbosarlari, mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ayol tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, hamkorlik va ishbilarmonlik aloqalarini shakllantirishdir.
Yangiliklar lentasi
0