O‘zbekistonda rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaOtkritie novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
Otkritie novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasida suvda dam olish va plyaj turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Jizzax va Navoiy viloyatlarining turistik salohiyatini rivojlantirish maqsadida Aydar–Arnasoy ko‘llar tizimi hamda To‘dako‘l ko‘lida rekreatsion ko‘llar hududi tashkil etiladi.
Devushka na kablukax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2021
“Stixiya” festivalida mehmonlar yalang‘och holda raqsga tushdimi? Turizm vazirligi javobi
Rekreatsion ko‘llar hududida 2021–2025 yillarda turizmni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Rekreatsion ko‘llar hududiga kiruvchi yer uchastkalarini tadbirkorlarga berish, ularda qurilish va barpo etish loyihalarini amalga oshirish Turizm va sport vazirligi bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Rekreatsion ko‘llar hududiga kirish nuqtasida axborot markazi va zamonaviy avtoturargoh tashkil etiladi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida rekreatsion ko‘llar hududida qutqatuv brigadasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish orqali har biri 5-yillik davrni o‘z ichiga olgan 3 bosqichli quyidagi natijalarga erishiladi:
Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
Aziz Abduhakimov nomzodi turizm va sport vaziri lavozimiga ma’qullandi
- Birinchi bosqichda, jami 204 o‘rinli 6 ta joylashtirish vositasi, shuningdek, hududda ekoturistik obyektlar, ovchilik va suvda dam olish hududlari tashkil etiladi;
- Ikkinchi bosqichda, Aydarko‘l atrofidagi 33 ming gektar hududda yangi turistik hududlar, joylashtirish vositasi, sog‘lomlashtirish maskanlari, sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar barpo etiladi;
- Uchinchi bosqichda, 300 o‘rinli joylashtirish vositalari va sport tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar tashkil etiladi, 1 200 o‘ringa mo‘ljallangan avtoturargoh hamda savdo hududi quriladi.
Rekreatsion ko‘llar hududi va unga olib boruvchi 271 km yo‘llar ta’mirlanib, qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0