Rossiya

Putin Amerika telekanaliga katta intervyu berdi: asosiy iqtiboslar

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Rossiya prezidenti Amerikaning NBC telekanaliga katta intervyu berdi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan boʻlajak sammitdan oldin Amerikaning NBC telekanaliga katta intervyu berdi.
Quyida asosiy fikrlarni keltiramiz.

NATO haqida

Rossiya rahbarining soʻzlariga koʻra, NATO bu sovuq urush qoldigʻi. NATO sovuq urush davrida dunyoga keldi, biroq nima sababdan u bugungi kunda yashamoqda, unchalik tushunarli emas.

“Infratuzilmalarni chegaramizga yaqinlashtirib, NATOni sharq tomon kengaytirishning nima keragi bor edi? Yana siz aytasizki, bu biz oʻzimizni agressiv tutyapmiz. Nima munosabat bilan? Rossiya hatto Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin Qoʻshma Shtatlar yoki Yevropaning boshqa mamlakatlari uchun biror bir tahdid tugʻdirdimi? Biz ixtiyoriy ravishda barcha oʻz qoʻshinlarimizni Sharqiy Yevropadan olib chiqdik. Odamlarimiz azob chekdi, u yerda yashash uchun normal sharoitlarga ega boʻlmasdan, jumladan, farzandlari uchun oʻn yillab harbiylar oilalari yashashdi. Biz koʻp xarajatlar qildik. Bunga javoban nima oldik? Bu yerdagi infratuzilmalar, chegaralarimiz yaqinida. Yana siz aytasizki, biz kimgadir tahdid qilyapmiz? Ha, biz muntazam mashgʻulot oʻtkazamiz, jumladan, Qurolli kuchlarimiz uchun kutilmagan mashgʻulotlarni oʻtkazamiz. Nega bu NATO hamkorlarining qandaydir xavotiriga sabab boʻlishi lozim? Men tushunmayman”.

Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

AQSH bilan munosabatlar

Putinning taʼkidlashicha, soʻnggi yillarda ikki mamlakat munosabatlari eng quyi nuqtaga yetgan. Shunga qaramay ikki tomonni qiziqtirgan ayrim masalalar yuzasidan aniq pozitsiyalarni belgilab olmoq zarur.
“Soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlarimiz eng quyi nuqtaga yetdi, shunga qaramasdan soat millarini toʻgʻrilab olishni talab qiladigan masalalar, ikki tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ham AQSH, ham Rossiya manfaatlari yoʻlida samaraliroq hal boʻlishi uchun biror bir pozitsiyalarni aniqlash".
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

AQShning oldindan bilib boʻlmaydigan harakatlari haqida

“Xalqaro munosabatlardagi eng asosiy muhimlik – bu barqarorlik va oldindan bilish. Biz, mening fikrimcha, oʻtgan yillarda amerikalik hamkorlarimiz tomonidan aynan shuni koʻrmadik. Qanaqa barqarorlik va oldindan bilish, agar mamlakatni vayron qilishgan 2011 yildagi Liviyadagi voqealarni yodga olsak? Bu yerda qanaqa barqarorlik va oldin bilish bor? Har doim aytishardi, Afgʻonistondagi qoʻshinlar qoladi. Keyin birdaniga qoʻqqisdan Afgʻonistondan qoʻshinlar olib chiqib ketilmoqda. Bu barqarorlik, oldindan bilishmi?”

Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Dalilsiz ayblovlar

"Rossiya-Amerika munosabatlari hamma vaqt AQShning oʻzidagi keskin ichki siyosat kurashida qurbonlik qilindi. Biz buni koʻrib turibmiz, bizni nimalarda ayblashganliklarini yaxshi bilamiz: saylovlarga aralashishda, kiberhujumlarda va hokazo. Boz ustiga biror marta ham biror bir dalillarni keltirishga fursat topishmadi, shunchaki dalilsiz ayblovlar. Nega hozirgacha bizni Black Lives Matter harakatini keltirib chiqarishda ayblashmaganliklaridan hayronman – yaxshi hujum chizigʻi boʻlgan boʻlardi".
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun

“Bu toʻgʻridagi qonunlar, aralashmasliklar yoki aralashish urinishlari haqidagi gapirayotib, Rossiyaga nisbatan nimani nazarda tutayapman? Koʻplab fuqarolik jamiatlari deb ataluvchi tuzilmalar... Nima sababdan “deb ataluvchi” deyapman? Ular chetdan moliyalashtiriladi, xatti-harakatlarning tegishli dasturlari tayyorlanadi, faollar chet elda tayyorgarlikdan oʻtadi. Buni rasmiy tuzilmalarimiz koʻrganda, ichki ishlarimizga bunday aralashishlarning oldini olish maqsadida tegishli qaror va qonun qabul qilamiz. Ular sizlarnikiga qaraganda yengilroq”
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Xitoy haqida

“Soʻngi yillarda, soʻnggi oʻn yillikda Xitoy bilan, davlatlarimiz tarixida biz erishmagan, strategik hamkorlik munosabatlari shakllandi. Katta darajadagi ishonch va hamkorlik, buning ustiga barcha sohalarda: siyosatda, iqtisodiyotda, texnologiya, harbiy-texnik hamkorligi sohasida. Biz Xitoy biz uchun xavf tugʻdiradi deb hisoblamaymiz. Bu doʻst mamlakat. U bizni dushman deb eʼlon qilmadi-ku, Qoʻshma Shtatlar qilgandek”.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti

Oʻz vazifasi haqida

Putin 2000 yilda Rossiyada boʻlgan vaziyatni eslatdi. Rossiya u payt oʻz suvereniteti, hududiy yaxlitligini saqlab qolish yoqasida boʻlgan. Kambagʻal fuqarolar soni juda koʻp va fojialari boʻlgan. YAIM darajasi tushib ketgan. Oltin-valyuta zaxirasi 12 milliard, qarz esa 120 milliard dollar boʻlgan, agar dollar ekvivalentida aytilsa.

“Lekin hozir vaziyat boshqacha. Hozir muammolar bisyor, lekin vaziyat mutlaq boshqacha. Qachondir mening oʻrnimga albatta boshqa kishi keladi. Biz xalqaro terrorimzga qarshi kurashdik – xudoga shukur, uning ildizini boʻgʻdik. Bu yana qayta tirilishi kerakmi? Oʻylaymanki, yoʻq. Siyosiy sahnada turli-tuman qarashlarga ega boʻlgan turli kishilar paydo boʻlishi mumkinligi boshqa gap. Bilasizmi, men oʻz taqdirimni mamlakat taqdiri bilan shunchalik bogʻlaganmanki, men uchun hayotda Rossiyani mustahkamlashdan koʻra hech qanday boshqa, bundanda muhimroq vazifa yoʻq”.

Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston
Vladimir Putin
Rossiya prezidenti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala