Migratsiya

Putin migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada boʻlishga ruxsat berdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Rossiya prezidenti migrantlarning 30 sentyabrgacha oʻz maqomlarini qonuniylashtirmasdan Rossiyada boʻlishiga ruxsat berdi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yangi koronavirus infektsiyasi (COVID-19) tarqalishining oqibatlarini bartaraf etish davrida Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy holatini tartibga solish boʻyicha vaqtinchalik chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmonni imzoladi.
Rabota mobilnыx punktov vaktsinatsii v Kazani - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.06.2021
Migratsiya
Putin mehnat migrantlarini pullik emlash tizimini yaratish haqida topshiriq berdi
Unga koʻra, migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada boʻlishga ruxsat berildi. RF prezidenti farmoni bilan ushbu davlatda noqonuniy boʻlib turgan mehnat migrantlariga 2021 yil 30 sentyabriga qadar oʻz maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berildi.
Farmonga asosan ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlmagan migrantlar 30 sentyabrgacha oʻzlarining maqomlarini qonuniylashtirish uchun Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilishlari yoki Rossiyani tark etishi mumkin.
Migrantlar hech qanday huquqbuzarlik sodir etmagan boʻlsa 30 sentyabrgacha mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala