Migratsiya

Rossiya IIV migrantlar toʻgʻrisida farmon yuzasidan sharh berdi

© Sputnik / Denis Grishkin / Fotobankka oʻtishMer Moskvы S. Sobyanin prinyal uchastiye v otkrыtii zdaniya migratsionnogo tsentra
Mer Moskvы S. Sobyanin prinyal uchastiye v otkrыtii zdaniya migratsionnogo tsentra - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migrantlar toʻgʻrisida farmon yuzasidan sharh berdi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Rossiyada qonuniy asosga ega boʻlmagan chet elliklar ushbu vaziyatni hal qilish toʻgʻrisida 30 sentyabrga qadar politsiyaga murojaat qilishlari kerak, deyiladi “MVD Media”.
Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiya paytida xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi toʻgʻrisidagi farmonni imzolagandi. Hujjatga koʻra yashash uchun ruxsatnomaning muddati tugamaydi.
Migrantы  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Migratsiya
Putin migrantlarga hujjatlarni uzaytirmasdan Rossiyada boʻlishga ruxsat berdi
Bundan tashqari, farmon chet elliklar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni deportatsiya qilishni taqiqlaydi; qamoqdan ozod qilinganlar va milliy xavfsizlikka tahdid soladigan shaxslar bundan mustasno. Ushbu chora 30 sentyabrgacha amal qiladi.
Ichki ishlar vazirligi sharhida aytilishicha, Rossiyaga 2020 yil 15 martgacha kelgan fuqarolar va 2021 yil 16 iyundan boshlab mamlakatda boʻlish uchun qonuniy asoslari boʻlmagan shaxslarga 2021 yil 30 sentyabrgacha huquqiy maqomni tartibga solish uchun IIVning hududiy organlariga murojaat qilish imkoniyati berildi. Bu havo qatnovi tiklangandan keyin ham Rossiya hududini tark etmagan chet elliklarga tegishli boʻladi.
Chet el fuqarolari bunday ariza bilan mamlakatdan chiqarib yuborilmaydi.
"Oʻz huquqiy maqomlarini tartibga solishni istamagan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga 2021 yil 30 sentyabrgacha Rossiya Federatsiyasini tark etish huquqi berildi", - deb qoʻshimcha qildi IIV.
Putin tomonidan imzolangan farmon 16 iyundan kuchga kiradi. Yuqoridagi koʻrsatmalarga qoʻshimcha ravishda, u Rossiyaga ixtiyoriy ravishda koʻchib oʻtishga koʻmaklashish davlat dasturi ishtirokchisining vizalari, migratsiya kartalari va guvohnomalarining amal qilishini toʻxtatadi.
Bundan tashqari, hujjatga muvofiq, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo davlatlar fuqarolari Rossiyaga tashrifining belgilangan maqsadidan qatʼi nazar 2021 yil 31 dekabrgacha mehnat va fuqarolik-huquqiy shartnomalarini tuzishlari mumkin. Boshqa mamlakatlardan kelgan fuqarolar patent olish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala