Rossiya qiruvchilari “raqib” aerodromini yakson qildi – video

Obuna bo‘lish
Mashqlarga qariyb 20 ta qiruvchi-bombardimonchi Su-34 va Su-24MR razvedka samolyotlari ishtirok etdi.
Kurgan viloyatida harbiy mashqlar bo‘lib o‘tdi, unda Su-34 qiruvchi-bombardimonchilar ekipajlari shartli raqib aerodromini yo‘q qildi.
Manevrlar paytida Su-24MR razvedka samolyoti dala aerodromi joylashgan hududni aniqladi. Uning koordinatalarini boshqaruv markaziga jo‘natdi.
"Raqib" qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari aerodromi infratuzilmasini va samolyotlarini yakson qilish uchun boshqariladigan C-13 “havo-yer” raketalari uchirildi.
Mashqda 20 ga yaqin Su-34 qiruvchi-bombardimonchi va Su-24MR razvedka samolyoti, 200 nafardan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi.
Yangiliklar lentasi
0