Madaniyat

“Sardoba sabogʻi” - hujjatli film suratga olinmoqda

© NA "Uzbekkino"Sʼyemki dokumentalnogo filma "Uroki Sardobы"
Sʼyemki dokumentalnogo filma Uroki Sardobы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Filmning bosh gʻoyasi - Sardobada oʻtgan yil 1 may kuni yuz bergan fojea barcha uchun saboq boʻlishi kerakligidir - rejisser.
TOSHKENT, 15 iyun – Sputnik. 2020 yilning may oyida Sardobada sodir boʻlgan tabiiy ofat va undan keyingi voqealarga bagʻishlargan “Sardoba sabogʻi” nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqida Oʻzbekkino agentligi maʼlum qildi.
Filmning suratga olish ishlari Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida boʻlib oʻtmoqda. Filmda evakuatsiya qilingan aholi vakillari, ular joylashgan hududlar, aholini evakuatsiya qilish jarayonida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, qutqaruvchilar hamda talofatda jabr koʻrganlarga yordam bergan yurtdoshlarimiz haqida hikoya qilinadi.
"Filmdan koʻzlangan maqsad yurtdoshlarimiz boshiga tushgan shunday sinovli kunlarni sabr va bardosh, kuchli iroda, birdamlik, hamjihatlik bilan yengib oʻtishga qaratilgan. Albatta, yuz bergan fojea hammamiz uchun saboq boʻlishi - filmning bosh gʻoyasi hisoblanadi", - deydi rejissyor Abdusamad Salomov.
Salomov aytishiga koʻra, ushbu film rejisserning ilk rejissyorlik ishi va jarayonlarda tajribali hamkasblar maslahat berishmoqda.
Yangi film “Oʻzbekkino” agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan suratga olinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala