Iqtisod

Toshkent bozorlaridagi narxlarni nazorat qiluvchi tizim ishga tushiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovChorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente
Chorsu - samыy starыy bazar v starom Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va goʻsht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini oʻz ichiga olgan dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi.
TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Toshkentning ikkita bozorida tajriba tariqasida yangi elektron tizim yoʻlga qoʻyiladi va bu mahsulotlar narxi barqarorlashiga yordam berishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ichki va tashqi bozorni meva-sabzavot va goʻsht mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashda eng asosiy muammo bu ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar oʻrtasida onlayn maʼlumot almashuvining mavjud emasligi.
Bu muammoni hal etish uchun talab va taklif oʻrtasida muvozanatni saqlash, mahsulot yetishtiruvchi va xaridorlarni ulgurji bozorlarda kunlik shakllanayotgan narxlar bilan doimiy xabardor qilib borish boʻyicha yangicha tizim yaratish va amaliyotga joriy etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.12.2020
Iqtisod
Mirziyoyev bozorlarda narx-navo spekulyatsiyasining qatʼiy oldini olish vazifasini qoʻydi
Shu bois Toshkent qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji bozori hamda Eski Juva dehqon bozorida bir oy ichida tajriba oʻtkaziladi. Bozor hududiga kunlik kirib kelgan meva-sabzavot va goʻsht mahsulotlari turi, miqdori, ularning eng quyi va eng yuqori narxi va qaysi hududdan olib kelinganini oʻz ichiga olgan dasturiy taʼminot ishlab chiqiladi.
Ularning narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida doimiy eʼlon qilib boriladi.
Shuningdek, Davlat statistika qoʻmitasida meva-sabzavot va goʻsht mahsulotlari narxlarining koʻtarilishi va unga taʼsir etgan omillar haqida doimiy brifing oʻtkazib boriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala