Jamiyat

Toshkent shahar va viloyati uchun birlashtirilgan onkologiya markazi quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident provel soveщaniye posvyaщennoye razvitiyu onkologii v Respublike
Prezident provel soveщaniye posvyaщennoye razvitiyu onkologii v Respublike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Oʻzbekistonda onkologiya sohasini rivojlantirish uchun qator ishlar qilinmoqda. Xususan Respublika onkologiya markazi hamda Toshkent shahar va viloyati uchun birlashtirilgan onkologiya markazi qurilmoqda.
TOSHKENT, 15 iyun – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan Oʻzbekistonda tibbiyotning onkologiya va radiologiya sohalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Prezident 14 iyun kuni ana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining boʻsh turgan hududidan Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uchun 5 gektardan ziyod yer ajratilgan. Yangi shifoxona binosini loyihalashtirish va jihozlashda xorijiy tibbiyot muassasalarining ilgʻor tajribasi inobatga olingan.
Yangi markazda pozitron-emission tomografiya, radioizotop tekshirishlar, zanjir reaktsiyali analizatorlar, magnit-rezonans tomografiya, angiografiya uchun zamonaviy uskunalar oʻrnatiladi. Immunoterapiya, target terapiya, chiziqli tezlatkich yordamida va stereotoksik nur terapiya, radioxirurgiya kabi yangi davolash uslublari joriy etiladi.
Ikkinchidan, Respublika boʻyicha jami onkologik bemorlarning 37% Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga toʻgʻri kelgani sababli Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklif qilindi. Buning natijasida salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson boʻlishining oldi olinadi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Respublikanskiy tsentr onkologii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.05.2021
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya markaziga tashrif buyurdi
Uchinchidan, malakali shifokorlar tayyorlash maqsadida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, kelgusi ikki yilda yurtimiz talabalarini Rossiyaga oʻqishga yuborish, 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida Pirogov nomidagi universitet filialini ochish rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir oy oldin Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga borib, bu yoʻnalishdagi shifoxonalarda sharoitlarni yaxshilash boʻyicha topshiriqlar bergan edi. Ulardan kelib chiqib, 27 may kuni Prezidentning “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala