Toshkent shahar va viloyati uchun birlashtirilgan onkologiya markazi quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident provel soveshanie posvashennoe razvitiyu onkologii v Respublike
Prezident provel soveshanie posvashennoe razvitiyu onkologii v Respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda onkologiya sohasini rivojlantirish uchun qator ishlar qilinmoqda. Xususan Respublika onkologiya markazi hamda Toshkent shahar va viloyati uchun birlashtirilgan onkologiya markazi qurilmoqda.
TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan O‘zbekistonda tibbiyotning onkologiya va radiologiya sohalarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilmoqda. Prezident 14-iyun kuni ana shunday loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Xususan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududidan Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uchun 5 gektardan ziyod yer ajratilgan. Yangi shifoxona binosini loyihalashtirish va jihozlashda xorijiy tibbiyot muassasalarining ilg‘or tajribasi inobatga olingan.
Yangi markazda pozitron-emission tomografiya, radioizotop tekshirishlar, zanjir reaksiyali analizatorlar, magnit-rezonans tomografiya, angiografiya uchun zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi. Immunoterapiya, target terapiya, chiziqli tezlatkich yordamida va stereotoksik nur terapiya, radioxirurgiya kabi yangi davolash uslublari joriy etiladi.
Ikkinchidan, Respublika bo‘yicha jami onkologik bemorlarning 37% Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgani sababli Toshkent shahri va Toshkent viloyati shifoxonalarini yagona muassasa sifatida birlashtirish taklif qilindi. Buning natijasida salohiyatli mutaxassislar va yuqori texnologik uskunalar bir joyda jamlanib, davolash sifati oshadi, bemorlar sarson bo‘lishining oldi olinadi.
Shavkat Mirziyoyev posetil Respublikanskiy sentr onkologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2021
Shavkat Mirziyoyev Respublika onkologiya markaziga tashrif buyurdi
Uchinchidan, malakali shifokorlar tayyorlash maqsadida N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, kelgusi ikki yilda yurtimiz talabalarini Rossiyaga o‘qishga yuborish, 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida Pirogov nomidagi universitet filialini ochish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir oy oldin Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga borib, bu yo‘nalishdagi shifoxonalarda sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ulardan kelib chiqib, 27-may kuni Prezidentning “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0